16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova matbuot xizmati xabar berdi.

Vaziyatni o‘rganish jarayonida bola “Omondara” MFY Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan o‘tgan elektr simini ushlagani va u voqea joyida vafot etgani aniqlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyat filialiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Holat yuzasidan Nurobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bolalar ombudsmani vaziyatni nazoratga oldi, deyiladi xabarda.