Oliy Majlis Senatining 52-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qildi.

Unga asosan Jumanazar Ergashev o‘n yillik muddatga, Ma’murjon Kadirov muddatsiz davrga, Dilshod Rajabov muddatsiz davrga, Nosirjon Rasulov o‘n yillik muddatga, Burxon Turdiyev o‘n yillik muddatga, Asqarali Ummataliyev o‘n yillik muddatga, Gulnafis Xudayberdiyeva o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Senatning 48-yalpi majlisida Elza Shamsutdinova va Baxodir Ergashev 10 yil muddatga, Anvar Elmuradov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylangandi. 8 nafar sudya lavozimidan ozod etilgandi.