Toshkent shahrida chorrahalar va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan 21-may va 22-mayga o‘tar kechalari (soat 22:00 dan 6:00 ga qadar) ko‘chalarning ikki qismi transport harakati uchun yopiladi.

Shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bular:

  • Qorasaroy ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Kichik halqa avtomobil yo‘li — Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Avvalroq rekonstruksiya ishlari sentabrgacha, asosan tungi vaqtda olib borilishi xabar qilingan edi.