Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova faoliyatida ketma-ket ikkinchi bor finalgacha yetib borib, 2-o‘rinni egalladi.

U ilk saralash bosqichida xorvatiyalik Puljiz Ana Viktoriyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga o‘tdi. Unda argentinalik Sofia Fiorani mag‘lubiyatga uchratdi.

Uning chorak finaldagi raqibi shveysariyalik Binta Ndiaye Keldiyorovaga imkoniyatni boy berdi. Yarim finalda esa Diyora yaponiyalik Hibiki Shiraishiga qarshi tatamiga chiqib, uni yengdi va faoliyatida ikkinchi bor finalga yo‘l oldi.

Final bosqichida uni Italiya terma jamoasi favoriti Odett Gyufrida kutib turgandi. Ular bundan oldin Bakuda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirining finalida to‘qnash kelishgan. O‘shanda Keldiyorova vazari usulini qo‘llab, chempion bo‘lgandi. Bu galgi jahon chempionatida ayni shu usul bilan italiyalik sportchi 1-o‘rinni egallab, oltin medal oldi.

Yakunda Diyora Keldiyorova jahon chempionatining ikki karra kumush medali sohibiga aylandi. Ushbu natija Diyoraga jahon va Olimpiada reytingi uchun 1400 ochko taqdim qiladi. Hozirda o‘zbekistonlik sportchi o‘z vazn toifasidagi sportchilar reytingida dunyoda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorovaga jahon chempionatidagi ilk kumush medal 2023-yil Qatarda o‘tgan jahon chempionatida nasib qilgandi. O‘shanda sportchi finalda yaponiyalik Yuta Abega imkoniyatni boy bergandi.

абу-даби, dzyudo, диёра келдиёроva, спорт

Foto