Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan qurol to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi.

O‘zbekistonga o‘tish uchun bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada uning yukxonasida bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona Makarov to‘pponchasi borligi aniqlangan.

Yukxonadan, bundan tashqari, 2 dona tig‘li sovuq qurol, turli xil harbiy anjomlar hamda 3 dona polietilen paketda quritilgan giyohlar topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.