dayjest

“Gazeta.uz” maqolasidan so‘ng Amir Temur xiyobonidagi reklama konstruksiyasi olib tashlandi (foto)

“Gazeta.uz” maqolasidan bir necha soat o‘tib, Toshkentning Amir Temur xiyoboni yonidagi reklama konstruksiyasi demontaj qilindi. Avvalroq u yerda reklama joylashtirish noqonuniy ekani, sababi yaqin atrofda madaniy meros obyektlari borligi haqida yozgandik. Holatga rasmiy izoh berilganicha yo‘q. Foto.


dayjest

Amir Temur xiyoboniga reklama monitorlari o‘rnatilyapti. Madaniy meros obyektlari oldiga ularni o‘rnatish taqiqlangan

Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni oldidagi ajratuvchi orolchalarga reklama konstruksiyalari o‘rnatilmoqda, holbuki madaniy meros obyektlari yonida bunday qurilmalarni o‘rnatish taqiqlangan (xiyobonda yettita madaniy meros obyekti bor). Konstruksiyalar binolar manzarasini to‘sadi va haydovchilarga xalal beradi.


dayjest

“Tashabbusli budjet” evolyutsiyasi. Open Budget qanday qilib fuqarolik jamiyatini qurayotgani haqida

Surxondaryodagi bir mahalla ko‘p yillardan buyon elektr, suv, yo‘l muammolaridan qiynalardi. 2020-yili shu mahallada yashovchi Oybek Usanov “Tashabbusli budjet"da omadini sinashga qaror qiladi. Bu tajriba aholi hayotini qanchalik o‘zgartirgani va odamlarni qanday birlashtirgani — Jahongir Azimov reportajida.


dayjest

O‘zbekistonda BYD avtomobillari importi cheklanishi mumkin

“O‘zavtosanoat” bilan birgalikda Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillarning “tartibsiz” importini cheklashni so‘radi. Bu so‘rov import qilingan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitiga moslashtirilmagani bilan izohlangan.


dayjest

Bokschi Isroil Madrimovga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov muddatidan oldin yuqori lavozimga ko‘tarildi. Ichki ishlar vaziri unga mayor maxsus unvonini berdi.


dayjest

O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoaga aylandi — Srechko Katanets

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, mamlakat ilk bor JCHga chiqoladigan jamoaga aylandi.


dayjest

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 21-martdan bahorgi ta’tilga chiqadi. IV o‘quv chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.


dayjest

O‘zbekistonda o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 2018-yilga qaraganda kamroq odam ovoz berdi (foto)

O‘zbekistonda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 4661 kishi (2018-yilda 5500 dan ortiq) ovoz berdi. Mamlakatda jarayon uchun ikkita uchastka hozirlandi — Toshkent va Samarqandda. Poytaxtda peshin vaqtida Rossiya elchixonasi oldidagi navbat yuzlab metrlarga cho‘zildi (foto).


dayjest

O‘zbekiston yiliga 500 mingtagacha BYD elektromobillari va gibrid avtomobillarini ishlab chiqarmoqchi

Prezident Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. 2024-yilda mayda uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarish quvvatini 50 mingtaga, keyinchalik esa 500 mingtagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilandi

O‘zbekistonda pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilandi. Qonun bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.


dayjest

O‘zbekiston meva-sabzavotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotmoqda — prezident

Prezident tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida O‘zbekiston mahsulotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina uzum eksportidan 500 mln dollar olish mumkin.


dayjest

Toshkentda bayram kunlarida avtobuslarning harakatlanishi tartibi ma’lum qilindi

Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari deya e’lon qilingan 21, 22, 23 va 24-mart kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.


dayjest

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan 514 nafar fuqaro bor. Ularning eng ko‘pi Qashqadaryoda yashaydi

O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan yoki undan oshgan 514 nafar fuqaro pensiya va nafaqa oladi. Ularning 78,6 foizi (404 nafari) ayollardir. Bir asrdan beri umr ko‘rayotganlarning eng ko‘pi Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, shuningdek, vodiy viloyatlarida yashaydi.


dayjest

O‘zbekistonda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi

O‘zbekistonda bosh vazir rahbarlik qiladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi. Prezident savdo uylarini tadbirkorlar boshqaruviga berish, tomorqasida meva-sabzavot yetishtirayotganlarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rish va boshqalarni qo‘llab-quvvatladi.


dayjest

Qashqadaryodagi sayilda gaz portlashi oqibatida salkam 40 kishi jarohatlandi

Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan sayilda gaz balloni portladi. Oqibatda 37 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.


dayjest

Farg‘onada “Agrobank” sobiq xodimlari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Farg‘onada “Agrobank” filiali sobiq xodimlari uchta holatda salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qilib, tegishli jazolar tayinlangan.


dayjest

Prezident Toshkentdagi quyuv-mexanika zavodiga bordi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi quyuv-mexanika zavodi ishini ko‘zdan kechirdi. 2023-yilda 267 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan zavodda 10 mln dollarlik 170 ta vagon va ehtiyot qismlar eksport qilingan bo‘lsa, 2024-yilda eksport hajmini 15 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi. Hukumatlar nomidan tegishli kommyunike ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan Nyu-Yorkda imzolandi.


dayjest

Toshkent-Xiva yo‘nalishiga Hyundai Rotem kompaniyasining tezyurar elektropoyezdi qo‘yiladi

Toshkent-Xiva yo‘nalishiga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tezyurar elektropoyezdi qo‘yiladi. U 7 ta vagon va 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi, shuningdek, 250 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Avvalroq O‘zbekiston bu kompaniyadan 6 ta tezyurar poyezd sotib olishni rejalashtirgandi.


dayjest

Dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun belgilangan jazoning nomutanosib bo‘lgani rasman tan olindi

Dronlarni noqonuniy olib kirish va ulardan foydalanish uchun qo‘llanilgan jazolarni yengillashtiruvchi qonun joriy jazoning nomutanosibligini tan oladi. Fuqarolar va sayyohlarning e’tirozlari asosli deb hisoblanadi. Endi birinchi qoidabuzarlik uchun ozodlikdan mahrum qilish emas, jarima jazosi qo‘llaniladi.


dayjest

G‘azo shimolida ocharchilik muqarrar — BMT

BMT G‘azo sektorining shimoliy hududlarida yaqin ikki oy ichida ommaviy ocharchilik boshlanishini bashorat qilmoqda. BMT rahbari buni “mutlaq texnogen falokat” deb atadi va Isroil hukumatini anklav aholisiga insonparvarlik yordamidan to‘liq foydalanish imkoniyatini berishga chaqirdi.


dayjest

Qozog‘iston benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni yana olti oyga uzaytiradi

Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi.


dayjest

Kogonda avtobus ishtirokidagi YTHda jarohat olgan yana bir maktab o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Buxoro viloyati Kogon tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan yana bir o‘quvchi vafot etdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari shifoxonaga borib, o‘quvchilar bilan uchrashdi.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv hisoblagichlarini o‘rnatishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv sarfini o‘lchash uchun bir-biriga hisoblagich o‘rnatadi. Tomonlar ma’lumotlarni onlayn tarzda almashib boradi. Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida ham xuddi shu maqsadda gidropostlar o‘rnatilgan edi.


dayjest

Buxoroda mansabdor shaxslar bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan — Bosh prokuratura

Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar bolalarni avtobusda tashish va hamrohlik qilishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. Holat yuzasidan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. YTHda ikki o‘quvchi va haydovchi halok bo‘lgandi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

“O‘zbekiston amerikaliklarga viza berishni yengillashtirishi kerak. Bundan faqat o‘zbekistonliklar yutadi”

Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida.


dayjest

Yoritish bosh rejasi. Toshkent yorug‘lik ifloslanishidan qanday xalos bo‘lishi mumkin?

Miltillovchi ekran, girlyanda va chiroqlar Toshkentda “yorug‘lik xaosi"ni keltirib chiqarmoqda. Bu energiya iste’molini oshiradi, hayot sifati va ekologiyani yomonlashtiradi. “Gazeta.uz” mutaxassislar bilan suhbatlashib, yorug‘lik dizayni nima ekani va tungi Toshkentni qanday maftunkor qilish mumkinligiga qiziqdi.


dayjest

Prezident Toshkentdagi Yoshlar bog‘ida ko‘chat ekdi. Foto

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan 75 gektarli Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatni o‘tqazdi. Bog‘da jami 20 ming tup daraxt ekilishi, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar tashkil etilishi reja qilinmoqda. Foto.