Yakshanba kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 4661 kishi ovoz berdi. Jarayon soat 8:00 dan 20:00 gacha ikkita saylov uchastkasida — Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

“Ovoz berish tinch, do‘stona muhitda o‘tdi”, — deya ta’kidladi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov (iqtibos elchixona matbuot xizmatidan keltirilgan).

8:00 atrofida Rossiya elchixonasiga kirish.8:00 atrofida Rossiya elchixonasiga kirish.

Saylovchilar soni 2018-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti saylovidagiga qaraganda kamroq bo‘ldi. O‘shanda O‘zbekistonda 5500 dan ortiq rossiyalik ovoz bergandi.

Avvalgi saylovda uchta shaharda — Toshkent, Buxoro va Farg‘onada saylov uchastkalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, muddatidan oldin ovoz berish yana to‘rtta shahar — Navoiy, Samarqand, Guliston va Olmaliqda o‘tkazilgandi. Bu safar muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazilmadi, shuningdek, saylovga Rossiyaning o‘zida bo‘lgani kabi uch kun emas, faqat bir kun ajratildi.

“Gazeta.uz” muxbirining xabar berishicha, poytaxtning Nukus ko‘chasida joylashgan elchixonaga odamlar uchastka ochilishidan oldinroq kela boshlagan. Soat 8:00 ga kelib, u yerda 10 dan ortiq odam bor edi.

россия, россияdaги saylovлар

Peshinga yaqin ovoz berishni xohlovchilar qatori yuzlab metrlarga cho‘zilib ketdi — elchixona darvozasidan boshlab Mironshoh 8-tor ko‘chasiga burilishgacha.

Yandeks Xaritaga qaraganda, soat 12:00 atrofida navbat uzunligi qariyb 500 metrni tashkil etgan bo‘lsa, soat 14:00 da u taxminan 300 metrgacha qisqardi.

россия, россияdaги saylovлар

Rossiya va dunyoning ko‘plab shaharlarida peshin vaqtida uzun navbatlar kuzatildi — muxolifat amaldagi prezident siyosatidan norozilarni 17-mart kuni soat 12:00 ga qadar saylov uchastkalariga kelishga chaqirdi.

Qiziqarli tasodif tufayli peshinga yaqin elchixona oldidagi ko‘cha bo‘ylab suv purkovchi mashina harakatlandi, ammo u o‘zining kommunal ishlari bilan band bo‘ldi.

россия, россияdaги saylovлар

Vaziyat tinch edi. Xavfsizlik xodimlari unchalik ko‘p emasdi: ekipajlari bor ikki yoki uchta Milliy gvardiya mashinasi. Xodimlarning ba’zilari ko‘cha bo‘ylab elchixonaga kiraverishda, boshqalari esa Nukus ko‘chasidan Mironshoh-8 ga burilishda turdi. Bu ko‘cha mashinalar uchun yopiq edi. Mahalliy politsiyachi vaqti-vaqti bilan chiziq bo‘ylab harakatlandi.

россия, россияdaги saylovлар

Elchixonadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Vladimir Putin va patriarx Kirillning fotosuratlari, shuningdek, “Derjavniy pokrov” va “Svyataya Rus” yozuvlari tushirilgan, davlat raqami Rossiyaniki bo‘lgan yuk mashinasi turgandi.

россия, россияdaги saylovлар

Elchixonaga bir vaqtning o‘zida ikki-to‘rt kishilab kirishga ruxsat berildi. Saylovchilar sinchiklab tekshirildi, jumladan, sumkalari to‘laligicha ko‘zdan kechirildi. Katta sumkalar yoki chamadonlar kabi kattaroq buyumlarni kiraverishda qoldirish so‘raldi.

Navbat turlicha edi — yoshlar, keksalar va turli yoshdagi bolalari bor juftliklar. Keksalarga navbatsiz kirishga ruxsat berildi.

россия, россияdaги saylovлар

Jurnalistning navbatda turganlardan saylovda ishtirok etish ular uchun nimani anglatishi haqidagi savollariga buni o‘zlarining fuqarolik burchi, deb javob berishdi. Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin Rossiyani tark etishga majbur bo‘lganlar o‘z vatanlariga qaytishni orzu qilganliklarini, ovoz berish esa ularga xuddiki uylari tomon otlanishning bir yo‘li ekanini ta’kidladi.

“Bolalarning ko‘ziga qarashdan uyalmaslik uchun ovoz beraman”, — dedi suhbatdoshlardan biri. Bolalar bilan kelganlarning aytishicha, ular farzandlarining ota-onalari yaxshi kelajak uchun nimadir qilishga harakat qilayotganini ko‘rishlarini xohlaydi.

Shuningdek, elchixona Chirchiq, Olmaliq va Angrendan ovoz berishni istagan rossiyaliklarning kelishini ham tashkillashtirdi.

россия, россияdaги saylovлар

Elchixonadan biroz nariroqda “Xorijda ovoz ber” (Vote Abroad) mustaqil loyihasi ko‘ngillilari ovoz berganlar bilan suhbatlashdi. Savollar orasida quyidagilar bor edi: saylovchi saylov natijalariga ishonadimi, u qanday ovoz bergani bilan bo‘lisha oladimi, qancha vaqt Rossiyadan tashqarida yashagan, Toshkentdagi uyidan saylov uchastkasigacha qancha masofa bor va boshqalar.

россия, россияdaги saylovлар

Ko‘ngillilardan birining “Gazeta.uz” muxbiriga aytishicha, ularning faoliyati O‘zbekiston hukumati va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan. Shu bilan birga, u ularning Rossiya hukumatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Dushanba kuni Rossiya Markaziy saylov komissiyasi amaldagi prezident Vladimir Putin saylovchilarning 87 foizdan ko‘proq ovozini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi, bu uning mamlakatni boshqargan deyarli 25 yillik tarixidagi eng yuqori natijadir. Yakunda saylovchilarning ishtiroki 77% dan ortiqni tashkil etdi, buni Rossiya MSK ham zamonaviy Rossiya tarixidagi rekord deb atadi.

Ikkinchi o‘rinda Kommunistik partiyadan Nikolay Xaritonov (4,30 foiz ovoz), uchinchi o‘rinda “Yangi xalq” partiyasidan Vladislav Davankov (3,82 foiz), to‘rtinchi o‘rinda Liberal-demokratik partiyadan Leonid Slutskiy (3,20 foiz) qayd etildi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda Vladimir Putinga 57,95 foiz, Vladislav Davankovga esa 31,92 foiz ovoz berilgan.

“Xorijda ovoz ber” ekzit poli Samarqand shahrida 251 nafar, Toshkent shahrida 2141 nafar saylovchini qamrab oldi. Respondentlarning mos ravishda 35 va 19 foizi javob berishdan bosh tortdi.

Birinchi shaharda respondentlarning 35 foizi Vladimir Putinga ovoz berganini ma’lum qildi, poytaxtda esa bu 36 foizni tashkil etdi. Davankov uchun mos ravishda 18% va 36% ovoz berildi. Ekzit pol natijalariga ko‘ra, Samarqandda ham, Toshkentda ham respondentlarning 1 foizi Slutskiyga ovoz bergan bo‘lsa, Xaritonov nomzodini birinchi shaharda 0 foiz, ikkinchisida esa 1 foiz respondentlar qo‘llab-quvvatladi.