“Toshshahartransxizmat” Toshkent shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlaridagi avtobuslar harakati tartibi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 21, 22, 23 va 24-mart kunlari avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida barcha hududlarda umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi.

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etiladi. Tadbir uyushtiriladigan asosiy maydonlar, ko‘cha va xiyobonlar milliy uslubda bayramona bezatiladi.