14-mart kuni Nyu-Yorkda (AQSh) O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunikeni imzoladi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

”гамбия"

Shu tariqa G‘arbiy Afrikada joylashgan Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Lixtenshteyn va Beliz davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgandi.