O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bahorgi ta’tili 21-mart kunidan boshlanadi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ta’til 27-mart kuniga qadar — 7 kun davom etadi. IV o‘quv chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.