Tungi Toshkent yorqin ekranlar, rang-barang reklama lavhalari, ko‘cha chiroqlari va girlyandalar bilan ko‘zni qamashtiradi. Shaharni yoritish ustidan nazoratning yo‘qligi, uning bir maromda emasligi va me’yoridan ortiqligi, ayniqsa, katta chorrahalarda “yorug‘lik xaosi"ni keltirib chiqarmoqda.

Yorqinroq degani — yaxshiroq degani emas, deydi Sankt-Peterburgdagi Zen.Light yorug‘lik dizayni byurosi rahbari Oleg Smetanko. Har bir me’moriy obida yoki yodgorlik, xiyobon yoki maydon uchun o‘ziga xos yoritish ssenariysi mavjud. Bunda obyekt yoki makonning kayfiyati, uning vazifasi va badiiy tuzilishi hisobga olinadi.

Toshkentni yorug‘lik ifloslanishidan yagona yoritish konsepsiyasi xalos qilishi mumkin. Oleg Smetanko “Gazeta.uz” bilan suhbatda yagona yoritish konsepsiyasi nima ekani, yorug‘lik shahar hayotiga qanday ta’sir qilishi va Toshkent uchun yoritish konsepsiyasi qanday bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”

Yorug‘lik muhiti nima va nima uchun shaharda yorug‘likka e’tibor qaratish zarur?

Yorug‘lik muhiti — tungi vaqtlarda shahardagi hayot tarzimiz va unda o‘zimizni qanday his qilishimizdir. Yorug‘lik bizning hissiy va jismoniy holatimizga ta’sir ko‘rsatadi, diqqatimizni boshqaradi va hayot maromini belgilab beradi. Muhit ko‘plab unsurlardan tashkil topadi: urbanistik va shaharsozlik qiyofasi, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlar, mintaqaning o‘ziga xosliklari, ob-havo sharoiti, madaniyat va an’analar shular jumlasidan.

Yoritish poytaxtning maqomini aks ettiradi. Quyosh botishi bilan u mavjud diqqatga sazovor joylardan kun davomida payqamasligimiz mumkin bo‘lgan yangilarini yaratadi. Puxta o‘ylangan yoritish tizimi fuqarolarni ko‘chaga chiqish va piyoda sayr qilishga undaydi — Toshkentdagi masofalar va ob-havo sharoiti bunga imkon beradi. Shaharning tungi vaqtlardagi jozibadorligi sayyohlar oqimini oshiradi. Bundan tashqari, bir maromda yoritish odamlarga ko‘chada o‘zini yanada qulayroq va xavfsizroq his qilish imkonini beradi.

Markaziy ko‘rgazmalar zali uchun yoritish variantlari.Markaziy ko‘rgazmalar zali uchun yoritish variantlari.

Toshkentda tungi vaqtlarning ma’lum bir soatida davlat idoralarining binolariga o‘rnatilgan barcha bezak chiroqlari o‘chirilishini payqadim. “Qo‘pol” yoqish va o‘chirishdan qochish uchun nima qilish kerak? Kechki payt va tungi vaqtlar uchun; ish kunlari, dam olish kunlari va bayram kunlari uchun yoritish ssenariylarini ko‘rib chiqish mumkin. Bu yorug‘likni to‘liq o‘chirish emas, balki kunning vaqtiga qarab sozlash imkonini beradi.

Me’moriy obidalarni yoritish haqida gap ketsa, binoda ayrim detallarni yoritilgan holda qoldirishingiz yoki fasadning yorqinlik darajasini o‘zgartirishingiz mumkin. Bu chiroqlarni to‘liq o‘chirmagan holda elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Hozirgi vaziyat shundayki, soat 21:00 ga qadar piyoda sayr qilib, qandaydir me’morchilik namunalaridan bahra olish mumkin, biroq shu vaqtdan keyin imkonsiz va bu uyga qaytish vaqti kelganini anglatadi, chunki atrof qorong‘i va xavfli. Rostdan ham — yaqin-atrofdagi xiyobonga avtomobildagina xavfsiz yetib olish mumkin bo‘lsa, odam sayrga chiqqisi keladimi? Qorong‘i ko‘chalarda sayr qilish kim ham xohlardi?!

Ko‘kaldosh madrasasini yoritish varianti.Ko‘kaldosh madrasasini yoritish varianti.

Shaharni yoritish nimadan boshlanadi?

Shaharni yoritishning bir necha usuli mavjud. Birinchisi — yoritishni har bir obyekt uchun alohida loyihalash: masalan, bino yoki parkning fasadi. Bu usul tartibga solinmagan, xaotik loyihalashni ifodalaydi. Natijada shu tarzda yoritilgan barcha obyektlar qorong‘i vaqtda bir-biri bilan uslubiy yoki badiiy jihatdan hamohanglik hosil qilmaydi. Masalan, ko‘rimsizgina yangi qurilgan bino, o‘z yoritish tizimini yanada yorqinroq va dinamikroq qilish vakolatiga ega bo‘lgan taqdirda, asosiy diqqatga sazovor joylarni to‘sib qo‘yishi va manzilning qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Ikkinchisi — keng qamrovli yondashuv. Bu birinchisiga nisbatan samaraliroq, chunki bu yondashuvga ko‘ra, dastlab — shaharning markaziy qismi yoki alohida hudud uchun — keng qamrovli konsepsiya ishlab chiqiladi. Konsepsiya hududdagi yo‘llar, xiyobonlar va binolarni o‘z ichiga oladi.

Ish mavjud yoritish tizimi, fuqarolarning ehtiyojlari va makonning xususiyatlarini tahlil qilishdan boshlanadi. Shundan so‘ng bosh reja (hudud yoki shaharni rivojlantirishning uzoq muddatlik loyihasi — tahr.) tuziladi. Keyingi bosqich asosiy ko‘chalar va maydonlar uchun yorug‘lik panoramalari va ko‘rinishlarini ishlab chiqishdan iborat. Keyin yagona konsepsiya formatida hudud ichidagi har bir obyekt ustida alohida ishlanadi.

odamlar uchun shahar, oleg smetanko, orzudagi toshkent, shaharni yoritish, yorug‘lik muhiti

Konsepsiya shahardagi barcha yoritishni tartibga solish uchun asos vazifasini o‘taydi. U, boshqa jihatlar bilan bir qatorda, badiiy qismni ham hisobga olishi bilan faqat asosiy komponentlar: yorqinlik va yoritilganlik darajasi, yorug‘lik manbalarining o‘lchamlari va boshqalarni standartlashtiruvchi davlat standartlari (GOST)lardan farq qiladi. Hujjat yorqinlik nisbati, rang harorati, rang ssenariylaridan foydalanish imkoniyati, rejimlar va boshqalarning aniq me’yorlarini belgilab beradi.

odamlar uchun shahar, oleg smetanko, orzudagi toshkent, shaharni yoritish, yorug‘lik muhiti

Yorug‘likni sozlashda mahalliy obyektlar miqyosida emas, balki butun shahar makonini hisobga olgan holda o‘ylash maqsadga muvofiq. Ishni me’moriy jihatdan ustunlikka ega, xususan, uslubiy yoki balandlik nuqtai nazaridan ustunlikka ega bo‘lgan elementlardan boshlash tavsiya etiladi. Bizning vazifamiz — ularni yorug‘lik o‘qlari (turli obyektlar orasidagi yorug‘lik yo‘nalishi) yordamida o‘zaro bog‘lash.

odamlar uchun shahar, oleg smetanko, orzudagi toshkent, shaharni yoritish, yorug‘lik muhiti

Binolarni tungi vaqtda ularning go‘zalligi va madaniy qiymatini saqlab qolish uchun yoritish kerak. Biz g‘or turmush tarzini olib bormaymiz va kechki bo‘sh vaqtimizni uydan tashqarida o‘tkazishni afzal ko‘ramiz. Bundan tashqari, yoritilgan binolar va ko‘chalar hududning diqqatga sazovor joylari sifatida xizmat qilishi mumkin. Yoritish obyekt muallifining g‘oyasini saqlab qolishi, binoning me’moriy elementlari, plastikasi va shakliga to‘g‘ri urg‘u berishi, yorqinlik va pardozlash materiallarining yorug‘lik bilan o‘zaro ta’sirini bog‘lashi kerak. Binoning vazifasini hisobga olish ham muhim. Masalan, bino turar joy bo‘lsa, yorug‘lik unda yashaydigan odamlarga noqulaylik tug‘dirmasligi kerak.

Men Toshkentda ko‘plab qiziq o‘ylangan g‘oyalarning guvohi bo‘ldim, lekin, afsuski, ularning aksariyati sifatsiz amalga oshirilgan. Masalan, Mirabad Avenue majmuasi Mirobod ko‘chasi bo‘ylab gavjum joy va yorug‘likning yorqin o‘qini ifodalaydi, biroq chuqurroq tahlil qilinganda yaltiroq karnizda LED piksellari aks etadi va bu umumiy manzarani buzadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun loyihalash bosqichida lampalar namunalari bilan to‘la miqyosli sinovlar o‘tkazish va yoritish turli yorug‘lik rejimlari ostida real voqelikda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘rganish kerak.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini yoritish varianti.O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini yoritish varianti.

Toshkent uchun yoritish konsepsiyasi g‘oyasi

Toshkentning modernistik me’morchiligi bizni “O‘zbekiston” mehmonxonasi, Markaziy ko‘rgazmalar zali, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Ko‘kaldosh madrasasi va Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (“Panorama”) uchun yoritish rejasini yaratishga ilhomlantirdi. Menga bu binolarning arxitekturasi yoqadi va ijodiy ambitsiyalarim meni ular uchun yoritish yechimlarini ishlab chiqishga undadi.

odamlar uchun shahar, oleg smetanko, orzudagi toshkent, shaharni yoritish, yorug‘lik muhiti

“O‘zbekiston"ni yoritish loyihasini mehmonxona ma’muriyatining o‘ziga taklif qildik, biroq ijobiy yoki salbiy javob olmadik. Hozircha boshqa muassasa va idoralarga murojaat qilganimiz yo‘q.

Shunga o‘xshash me’moriy va ichki yoritish loyihalarini Sankt-Peterburgdagi obyektlar uchun ishlab chiqqanmiz. Takliflarimiz allaqachon amalga oshirilgan.

Agar Toshkent uning yoritish tizimini o‘zgartirishdan manfaatdor bo‘lsa, biz shahar uchun yoritish konsepsiyasini ishlab chiqishga tayyormiz. Bu faqatgina me’moriy yoritish bilan kifoyalanib qolmaydi. U trotuarlar, yo‘llar va ularni bir-biriga bog‘lashni ham o‘z ichiga oladi.

Piyodalar yo‘laklari bo‘ylab o‘rnatilgan chiroqlar (masalan, shar shaklidagi lampalar) samarasiz. U nur taratadi, lekin atrofni yoritmaydi, yo‘llar qorong‘iligicha qolaveradi. Masofadan turib, parkda ushbu yorug‘ nuqtalardan boshqa yana nima borligini ko‘rish dargumon. Yoritish shunchaki o‘z holicha mavjud bo‘lishi emas, balki makon uchun ishlashi kerak.

Konsepsiya hozirgi xaosni tartibga soladi. Shaharni yoritish bosh rejasining loyihalash qismini ishlab chiqish uni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun budjet rejasini shakllantirish imkonini beradi. Reglament Toshkent shahrida sifatli, qulay va uyg‘un yoritishni loyihalash bo‘yicha keyingi texnik shartlarni ishlab chiqish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.