O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 514 nafar 100 yoshga to‘lgan yoki undan oshgan fuqarolar pensiya va nafaqa oladi. budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bu haqda ma’lumot berdi.

Bir asrdan beri yashab kelayotganlarning 110 nafari (21,4%) erkak va 404 nafari (78,6%) ayollardir.

Ularning eng ko‘pi Qashqadaryo viloyatida yashaydi — 92 nafar (17,9%). Shuningdek,

  • Surxondaryo viloyatida 71 nafar (13,8%);
  • Andijon viloyatida 46 nafar (9%);
  • Farg‘ona viloyatida 45 nafar (8,8%);
  • Toshkent viloyatida 41 nafar (8%);
  • Samarqand viloyatida 36 nafar (7%);
  • Buxoro viloyatida 35 nafar (6,8%);
  • Namangan viloyatida 33 nafar (6,4%);
  • Xorazm viloyatida 28 nafar (5,4%);
  • Toshkent shahrida 26 nafar (5,1%);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21 nafar (4,1%);
  • Jizzax viloyatida 16 nafar (3,1%);
  • Navoiy viloyatida 13 nafar (2,5%);
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar (2,1%).

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 147 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar 100 yoshga to‘ldi. Ularning 32 nafari (21,7%) erkak va 115 nafari (78,3%) ayollardir.

Respublikada:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m.

100 yoshdan oshganlarning pensiyasiga har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foiz miqdorida har oyning 15-sanasiga qadar qo‘shimcha to‘lov qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda “Gazeta.uz” O‘zSSR tashkil topishidan oldin tug‘ilgan, urush, ocharchilik va “qayta qurish” davrini boshidan kechirgan 100 yoshdan oshgan ayollar bilan suhbatlashgandi. Tahririyat ulardan nima haqida afsuslanishi va orzulari, 100 yoshgacha yashash qanday bo‘lishi haqida so‘radi.