dayjest

“Rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak”. Faollar rossiyalik tarixchining o‘zbek millati haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Rossiyalik tarixchi Mixail Smolin NTV telekanalida “1917-yilgacha o‘zbek millati bo‘lmagan” deya ta’kidladi. O‘zbek jamoatchiligi bunga javoban Rossiyaning propaganda telekanallarini cheklash va qarshi chora ko‘rish kerakligini aytmoqda. Rossiya TIV Mixail Smolin fikrini “g‘alati” deb atadi.


dayjest

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari

Kecha tunda Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Olmaotada 5 ballni tashkil qildi. Shahar aholisi vahima ichida ko‘chalarga yugurib chiqdi, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Olmaotaliklar tunda qanday omon qolgani — “Gazeta.uz” materialida. Biz voqea guvohi bilan suhbatlashdik.


dayjest

Rossiyada migrantlar o‘tirib yurishga majburlangani holati nazoratga olindi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yekaterinburgdagi qurilish obyektlaridan birida o‘tkazilgan reyd chog‘ida mehnat patentiga ega bo‘lmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ularga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi qayd etildi.


dayjest

“Undan voz kechilsa, havo toza bo‘lib qolmasa kerak?” Haydovchilar Ai-80 benzini taqiqlanishi bo‘yicha qanday fikrda?

Toshkent havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha berilgan takliflar orasida Ai-80 benzinini taqiqlash ham bor. Bu markadagi benzin boshqalariga qaraganda arzonligi sababli ommabop. Xo‘sh, bu o‘zgarishga haydovchilarning munosabati qanday? “Gazeta.uz” bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.


dayjest

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi yozuvlarida nega o‘zbek tilidan foydalanilmadi? Vazirlik izohi

Pekinda o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumidagi ekran va banner yozuvlarida o‘zbek emas, balki rus tilidan foydalanilgani jamoatchilikda savol uyg‘otdi. Oliy ta’lim vazirligining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, “qulaylik nuqtai nazaridan forumning rasmiy tili xitoy va rus tillari etib belgilangan”.


dayjest

“Ular buni suiiste’mol qilishga o‘tib oldi”. Prezident yerlar to‘liq o‘zlashtirilmaguncha hokimlarga sanoat zonalarini kengaytirishni taqiqladi

Prezident hokimlarga iqtisodiy zonalardagi yerlar to‘liq o‘zlashtirilmagunicha ularning maydonini kengaytirishni man qildi. O‘tgan yili Namangan va Buxoro viloyatlari hokimlari sanoat zonalarida bo‘sh yerlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, kengaytirgan. Auksiondagi savdolarda 59 foizga yaqin yer nominal qiymatda sotilgan.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi

Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Ular infratuzilmani modernizatsiya qilish, “yashil” energetika, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish kabilarni muhokama qildi.


dayjest

Andijon tumani sobiq hokimining jazosi yengillashtirildi

Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev bir yil avval 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta oldin sud uni muddatidan ilgari (1 yildan ortiq) mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan shartli ozod qildi.


dayjest

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi

Qonunchilikka amal qilib ishlayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi 1-martdan emas, 1-fevraldan joriy etilishi belgilandi. Tadbirkorlar reyting doirasida 4 ta toifaga ajratiladi va shunga mos ravishda rag‘batlantiriladi.


dayjest

O‘zbekiston strategik xomashyoni qayta ishlash loyihalarida OIIBdan ko‘mak kutmoqda

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki rahbari bilan uchrashuvda strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalari va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni moliyalashtirish hajmini oshirish muhimligini qayd etdi.


dayjest

Samarqand shahri uchun 94 ta elektrobus 2024-yilning birinchi yarmida keltiriladi

2024-yilda Samarqandga 94 ta — birinchi chorakda 30 ta, ikkinchi chorakda 64 ta elektrobus keltiriladi. 6 ta elektrobus o‘tgan yilning mayida kelgan, qolganlari yil oxirigacha yetkazib berilishi kutilgandi. Shaharda avtobus saroyi rekonstruksiya qilinib, haydovchilar malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.


dayjest

O‘zbekiston Xitoyning CNPC korporatsiyasini yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etishga jalb qilishi mumkin

Prezident Xitoyning CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish kabi masalalarni muhokama qildi.


dayjest

O‘zbek-qirg‘iz avtozavodining ishga tushirilishi yana ortga surilmoqda

O‘zbek-qirg‘iz qo‘shma avtomobil zavodini ishga tushirish yana ortga surildi. Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunga ob-havo sharoiti sabab bo‘lmoqda. Ishga tushirishning yangi muddati 2024-yilning birinchi yarmi bo‘lishi mumkin.


dayjest

Bloger Otabek Sattoriy bahorda ozodlikka chiqishi mumkin

Qarshidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloger ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.


dayjest

Korean Air aviakompaniyasi Seul va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatadi

Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi 1-martdan Seul — Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni to‘xtatadi. Parvozlar 2008-yilda boshlangandi. Kompaniya vakolatxonasining xabar berishicha, bunga yo‘lovchilar oqimining kamligi sabab bo‘lgan.


dayjest

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto

Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘sha yerda Xitoy raisi Si Szinpin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari boshlandi. Foto.


dayjest

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 25−31-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi. Avvalroq mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.


dayjest

JSST Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiqqa qarshi zudlik bilan emlanishga chaqirdi

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanishning “tashvishli o‘sishi” kuzatilmoqda. JSST shoshilinch emlash ishlarini olib borishga chaqirmoqda. O‘zbekistonda o‘tgan yili qizamiq bilan kasallanish bo‘yicha 1026 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda ko‘rsatkich atigi sakkiztani tashkil etgan.


dayjest

Xitoy Eksimbanki Toshkentda mintaqaviy ofis ochishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Eksport-import banki raisi o‘rtasidagi uchrashuvda bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish va boshqa rejalari ko‘rib chiqildi. Bu bank O‘zbekistonga qarz bergan eng yirik kreditorlardan biri hisoblanadi.


dayjest

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muzokaralarida Shavkat Mirziyoyev hamkorlarni O‘zbekiston davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirdi. Tomonlar hududlar kengashini tuzishga kelishib oldi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash muhimligini ta’kidladi.


dayjest

O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari atrof-muhitni muhofaza qilish, inson resurslarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, Xitoydan Yevropaga temir yo‘l ekspresslari yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va “Havo ipak yo‘li"ni birgalikda qurish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.


dayjest

Toshkentdagi Matbuot uyining rekonstruksiyasi 2025-yilda bitkaziladi — buyurtmachi

Toshkentda “Gazeta korpusi” nomi bilan tanilgan Matbuot uyi rekonstruksiya qilinmoqda. Hozirda binoning aryim qismlari demontaj qilinmoqda. Ta’mirlash ishlarini 2025-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, ishlar yakunlangach, gazeta va jurnallarning tahririyatlari binoga qaytariladi.


dayjest

Pekinda O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Pekindagi Xitoy san’ati va hunarmandchiligi milliy muzeyida O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Ko‘rgazmada zamonaviy rassomlarning 50 ta surati va hunarmandlar mahsulotlari namoyish etilmoqda.


dayjest

Antikorrupsiya agentligi SSVning 435 mln so‘mlik tenderida qonun talablari buzilganini aniqladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligining 435 mln so‘mlik tenderida qonun talablari buzilganini aniqladi. Avvalroq “Gazeta.uz” mazkur tender bir korxona ta’sischilari ishtirokida o‘tkazilgani haqida yozgandi.