Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qilib, bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish bo‘yicha rejalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi qo‘shma loyihalar portfeli 3,5 mlrd dollarga yetgani qayd etildi. Bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Xitoy Eksimbankiga 1994-yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xitoyning yetakchi moliyaviy instituti hisoblanadi.

Mazkur bank, 2023-yil boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga qarz bergan eng yirik kreditorlardan biri hisoblanadi. Tashqi qarzning 1,9 mlrd dollari ayni shu tashkilot ulushiga to‘g‘ri keladi.

ву фулин, prezident, хитой, хитой эксимbanki, шавкат мирзиёев