dayjest

2024-yilda soliqlar: nima o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Spirtli ichimliklar, alkogol va tamaki mahsulotlari, benzin, qurilish materiallariga aksiz solig‘i stavkalari o‘zgarmoqda. Ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shuningdek, yangi yig‘imlar joriy etilmoqda. Soliqlar bo‘yicha o‘zgarishlar — “Gazeta.uz” sharhida.


dayjest

“Men uchun muhimi — ilgari bo‘lmagan narsani yaratish”. Pianinochi Lola Astanova bilan suhbat

Pianinochi Lola Astanova “Gazeta.uz” bilan suhbatda internetdagi mashhurlik, o‘zbekistonliklarning xorijdagi muvaffaqiyatlari va o‘zini o‘zbek milliy ohanglarida sinab ko‘rish istagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Mahorat bo‘lmasa, ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlik sizga yordam berolmaydi”, deydi u.


dayjest

Moliya vazirligi budjet tashkilotlari xodimlarining maoshlari kechikayotganiga izoh berdi

O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga dekabr oyidagi maoshlarini to‘lash kechikmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buni buxgalteriya hisobini yuritish yangi tizimiga o‘tgani bilan izohladi va besh ish kuni ichida ish haqini to‘liq moliyalashtirishga ishontirdi.


dayjest

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. 7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +9…+14 daraja bo‘ladi.


dayjest

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston oktabrda kuzatilgani kabi noyabr oyida ham dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi. Mamlakatning qimmatbaho metallni sotish hajmi 11 tonnani tashkil etdi, bu ikkinchi o‘rindagi Qozog‘istonning ko‘rsatkichlaridan deyarli 4 baravar ko‘p.


dayjest

Toshkentda vodorobuslar sinovdan o‘tkaziladi

Toshkentda ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida vodorod gazida harakatlanuvchi avtobuslarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Endi chiqindi xizmatidan qarzi borlar “svet"ga pul to‘lolmaydi

Endi qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs, elektr energiyasi uchun pul to‘lolmaydi. Bunday tartib dastlab Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida, keyin esa butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi.



dayjest

2024-yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 2,4% gacha sekinlashadi — BMT

BMTga ko‘ra, 2024-yilda global iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 2,4% gacha sekinlashadi. Hisobotda aytilishicha, to‘siqlar sirasiga yuqori foiz stavkalari, konfliktlarning kuchayishi, sust xalqaro savdo va iqlim falokatlari kabilar kiradi.


dayjest

O‘zini o‘zi band qilganlar va kichik biznesni moliyalashtirishda tavakkalchilik darajasi pasaytirilmoqda

Markaziy bank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda tavakkalchilik darajasini 100 foizdan 75 foizgacha tushirishni reja qilmoqda.


dayjest

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi viloyatga vaqtincha hokim bo‘ldi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgani sababli uning o‘rnini yoshlar yetakchisi Dilmurod Rahimjonov vaqtincha egalladi. Hokimlik buni “yoshlarga motivatsiya berish” deya izohladi. Bunday amaliyot 2020-yilda Andijon viloyatida ham kuzatilgan.


dayjest

O‘zbekiston Italiya bilan shartnomalarni ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Italiya bilan ushlab berish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi.


dayjest

Dekabrda 3 ta bankning ayrim operatsiyalari cheklandi, 2 ta bank jarimaga tortildi

Markaziy bank qo‘mitasi 2023-yil dekabr oyida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etmagani uchun 3 ta bankning ayrim operatsiyalarni amalga oshirishiga cheklov o‘rnatdi va 2 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi.


dayjest

O‘zbekistonda dekabr oyi me’yordan 1,5−2 darajaga issiq bo‘ldi

O‘zbekistonda dekabr oyi me’yorlardan 1,5−2 darajaga issiq bo‘ldi. Noyabr oyi esa kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi. Shu bilan birga, 13-dekabr kuni Toshkentda oxirgi 30 yildagi eng past harorat qayd etildi.


dayjest

Tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham foto va videoga qayd etish huquqi berildi

Yo‘l harakati qoidalari buzilganini qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi. Bunda tadbirkor jarima sifatida undirilgan mablag‘ning 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.


dayjest

JSST COVID-19 bilan kasallanish ortib borayotgani sababli niqob taqishga chaqirdi

So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi.


dayjest

Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 120 dan oshdi, yana yuzlab odam bedarak yo‘qolgan

Yaponiya hukumati 1-yanvar kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 126 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Yana 500 dan ortiq odam jarohatlangan, 200 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan. Buzilgan yo‘llar va noqulay ob-havo tufayli qutqarish ishlari qiyin kechmoqda.