Markaziy bank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishda ko‘shimcha imkoniyatlar yaratishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi “Gazeta.uz” muxbiri.

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan doimiy daromadga ega bo‘lgan, shuningdek, kamida 6 oy davomida bank hisobvarag‘ida mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar, bundan tashqari, xuddi shu maqsadlar uchun mikromoliya tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar uchun tavakkalchilik darajasi 100 foizdan 75 foizgacha pasaytirilmoqda.

kichik tadbirkorlar, макропруденциал чоралар, марказий bank, пруденциал чоралар, tavakkalchilik darajasi, o‘zini o‘zi band қилиш

Markaziy bank bu orqali tavakkalchilik darajasi va kapitalga bosim pasayishi va bankning kreditlash imkoniyati 33 foizga ortishini qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida, kichik tadbirkorlik subyektlari deganda yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar (ta’sischilari jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari) va kichik korxonalar (jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari) nazarda tutilmoqda.

Avvalroq Markaziy bank 1-iyuldan qarz yuki hisobini barcha kreditlar kesimida joriy etishni rejalashtirayotgani, regulyator bu sanadan boshlab ortiqcha qarz yukining oldini olish maqsadida qarz beruvchilarga mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshib ketmasligi bo‘yicha talab qo‘ymoqchi ekanini xabar qilgandik.