Siyosat
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi
Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Iqtisodiyot
“Daromadlarni deklaratsiyalash tizimini joriy etishni tezlashtirish”. XVJ missiyasi O‘zbekistonga qator tavsiyalar berdi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekiston bilan 2024-yilgi maslahatlashuv yakunlari bo‘yicha bayonotni e’lon qildi. Missiya, jumladan, mamlakatga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish va daromadlarni deklaratsiyalashning samarali tizimini joriy qilishni tezlashtirishni tavsiya qildi.
Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi
Birinchi chorakda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi sekinlashdi, lekin birlamchi bozorda yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi, deya xabar berdi Markaziy bank. Mamlakat bo‘ylab ijara narxi (dollarda) biroz oshdi (+1,4 foiz), Toshkentda esa 9,2 foizga pasaydi. Poytaxtda yer narxi sotixiga 364 mln so‘mga yetdi.
Tojikiston shu oyda Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi — O‘zbekiston energetika vaziri
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga may oyi oxirigacha qo‘shilishi kutilmoqda.
Termiz erkin savdo zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida do‘kon va binolar sotib olishga ruxsat berildi. Savdoda so‘m bilan birga dollar, rubl, yevro va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.
Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi
O‘zbekiston aholisining yillik inflyatsion kutilmasi kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan so‘ng keskin oshdi, deyiladi Markaziy bankning martda o‘tkazgan so‘rovi natijasida. Korxonalar ham bu omilni qayd etgan, ammo ular valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan ko‘proq tashvishlanmoqda.
Aprelda sezilgan inflyatsiya darajasi biroz tezlashdi. Dorilar narxi oshganini qayd etganlar keskin ko‘paydi
Aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz tezlashib, 13,7 foizni (+1 foiz) tashkil etdi. Respondentlar orasida dorilar va tibbiy xizmatlar narxi keskin oshganini qayd etganlar soni sezilarli darajada ko‘paydi.
Prezident Coca Cola kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi
Prezident Coca Cola kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Investitsiyalar hajmini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Chorshanba kuni kompaniya mamlakatdagi to‘rtinchi zavodini ochdi. Beshinchisi kelasi yili ochilishi kutilmoqda.
“Termiz xalqaro savdo markazi” hududida to‘lovlarni dollar, yevro, yuan va rublda amalga oshirishga ruxsat berildi
Prezident qarori bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat berildi.
Jamiyat
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish qanchalik imkonli?
Monitoring DXMlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga shaylik darajasi turlicha ekanini ko‘rsatdi. Nima uchun bir shaharda davlat xizmatlari turlicha taqdim etiladi? “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov yagona standartlarni joriy etish orqali muammoni hal qilish mumkin, deb hisoblaydi.
To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda
O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 16−22-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi
Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi.
Qashqadaryoda otasining tazyiqlariga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi
Qashqadaryoda otasining zo‘ravonligiga uchragan 16 va 14 yoshli qizlarning vaziyati bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi. Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, Qarshi shahri hokimi qarori bilan ularga xolasi vasiy etib tayinlangan.
Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketdi
Urganch shahrida 17 yoshli yigit 5-qavatdan avtomashina ustiga quladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Farg‘onada 200 dollarga qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan shaxslar ushlandi
Oltiariq tumanida 200 AQSh dollari evaziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
YIDXP nogironligi borlar uchun portaldan foydalanish imkonini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiquvchilari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Farg‘onadagi “zapravka"da 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Rishton tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi kompressor agregatlariga noqonuniy ulanib, 2,7 mln kVt soat elektr energiyasini ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Bu 3,6 mlrd so‘mga teng. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda xandaq qazilgani ortidan qo‘shni uy qulab tushdi (video)
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi noturar joyda xandaq qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi. Keltirilgan zarar yoki jabrlanish holatlari haqida ma’lumot berilmadi.
Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi
Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Sport
Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Varshavadagi turnirda oltinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour`ning birinchi bosqichi — Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 turnirida oltinchi o‘rinni egalladi va 11 ming dollar mukofot puli oldi. G‘olib Magnus Karlsen bo‘ldi.
Jahon
Venesuela barcha muzliklarini yo‘qotgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi
Venesuela zamonaviy tarixda barcha muzliklarini yo‘qotgan birinchi davlatlardan biri bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi tufayli uning oxirgi muzligi — La Korona kutilganidan tezroq erib, muz maydoniga aylanib qoldi.
“Barcha moldovaliklar kabi yashayman” — Moldova prezidenti Mayya Sandu
Moldova prezidenti Mayya Sandu rossiyalik jurnalist Yuriy Dudning “vDud” loyihasiga intervyu berdi. Suhbat davomida Sandu prezidentlik hayoti, Moldova korrupsiyani yengishga va Yevroittifoqqa kirishga qanday urinayotgani, Ukrainadagi urush, Rossiya bilan munosabatlar, senzura haqida fikr bildirdi.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirildi
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirildi — unga hukumat majlisidan chiqqan payti o‘q uzildi. Siyosatchining ahvoli og‘ir, hujumchi qo‘lga olindi.
Yaqin oylar Ukrainadagi urushda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin — NYT
Oq uy Rossiya Ukrainadagi urush trayektoriyasini o‘zgartirish uchun kuch olayotganidan xavotirda. Ular yaqin oylar tomonlar uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini kutmoqda, deb yozdi New York Times.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!