O‘zbekiston prezidenti 3-yanvar kuni Italiya bilan 2023-yil 8-iyun kuni Rimda imzolangan shartnomalarni ratifikatsiya qiluvchi uchta qonunni imzoladi.

Xususan, ushlab berish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomalar ratifikatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida Shavkat Mirziyoyev Rimga tashrif buyurib, Italiya Vazirlar kengashi raisi Jorja Meloni bilan uchrashgandi. Muzokaralar natijasida tomonlar ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani qabul qilgan. Shu bilan birga, 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashinuvi marosimi bo‘lib o‘tgan. Huquqiy masalalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar shular jumlasidandir.