Toshkent bosh rejasini ishlab chiquvchilar zamonaviy mahallani qanday ko‘rmoqda?

Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi mualliflari ayrim ko‘chalarga avtomobil katnovini cheklashni, velosiped yo‘laklari hisobiga yo‘l qismini toraytirib, ko‘p qavatli uylar joylashgan mavzelarni mahalla tamoyili asosida ko‘kalamzorlashtirishni taklif qilmoqda.

G‘afur G‘ulom bog‘i nomi o‘zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘i «Dream Park» nomi bilan qayta ochilganidan so‘ng, uning nomlanishi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman hokimi maslahatchisi Botir Rasulov bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinishi va G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qolishini ma’lum qildi.

Toshkent metrosining barcha stansiyalarida nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

Senat Kengashi yig‘ilishida avtovokzallar, metro stansiyalari, bekatlarda panduslar yo‘qligi, nogironlarga sharoitlar yaratilmagani, hojatxonalar, yo‘l infratuzilmalari va ko‘priklar bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi. Transport vazirligi sharoitlar kelgusi ikki yilda yaratilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston shimolida mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha taktik o‘quv o‘tkazildi

O‘zbekiston harbiylari va kuch tuzilmalari shimolda mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha majmuaviy taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Ularda jangovar navbatchilik o‘tkazayotgan chegarachilarga shartli terrorchilar hujumini qaytarish, garovga olinganlarni ozod etish va boshqalar bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.

«Mavjud tizim xato. Bu faqat teatr». Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari metroga kirishdagi tekshiruvlar haqida

Toshkentda «sumkamda bomba bor» deb hazillashgan qizning 5 sutkaga qamalishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar metroga kirishdagi tekshiruvlarning samarasiz va hatto mantiqsizligini ta’kidlamoqda.

O‘zbekiston va Turkiya chegaralarda axborot almashinuvi bo‘yicha hamkorlik qiladi

Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston hamda Turkiya hukumatlari o‘rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi.

«Qonundan tashqari hech narsaga burningizni tiqishga haqqingiz yo‘q». Akmal Saidov Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh berdi

Qonunchilik palatasi majlisida Hisob palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Jumanov nobudjet jamg‘armalar faoliyati ham «topshiriq bo‘lsa, tekshirilishini» ta’kidladi. Akmal Saidov esa Hisob palatasining «qonundan tashqari hech narsaga burnini tiqishga haqqi yo‘q»ligini aytib, unga tanbeh berdi.

O‘zbekiston poytaxtini boshqa hududga ko‘chirish rejalashtirilmayapti. Nega?

Toshkentning 2045 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi loyihasida poytaxtni boshqa hududga ko‘chirish ko‘zda tutilmagan. Biroq, «ToshkentboshplanLITI»ga ko‘ra, ma’muriy markaz qisman «Yangi Toshkent»ga ko‘chadi. Institut mutaxassislarining qayd etishicha, shoshilinch ko‘chish muammolar keltirib chiqarishi ham mumkin.

Sirdaryoda erkak janjal oqibatida xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida erkak o‘zaro janjal sabab turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi. Oqibatda ikki nafar voyaga yetmagan bola yetim qoldi.

«Tashabbusli budjet» orqali g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha qo‘shimcha moliyalashtiriladi

Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Mo‘ynoqdan Andijongacha 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratish taklif qilindi

Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi mualliflari Mo‘ynoqdan Andijongacha, ya’ni, 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratishni taklif qildi. Ularning fikricha, buni amalga oshirish mumkin. Strategiya «yashil belbog‘»ga tutash qishloqlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Toshkent aeroportini shahar tashqarisiga o‘tkazishga nima to‘sqinlik qilyapti?

Poytaxtning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasida Toshkent xalqaro aeroportini shahar tashqarisiga ko‘chirish nazarda tutilmagan. «ToshkentboshplanLITI» instituti ma’lumotlariga ko‘ra, buni amalga oshirishning hozircha imkoni yo‘q. obyektni ko‘chirish variantlarini keyingi avlod shaharsozlari ko‘rib chiqadi.

Qashqadaryodagi 48 ta maktabda Finlyandiya ta’lim tizimi joriy etiladi

Qashqadaryodagi ayrim maktablarda 2023−2024 o‘quv yilidan boshlab Finlyandiya ta’lim tizimi joriy etiladi. Prezident buning uchun bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olish bo‘yicha topshiriq berdi.

AQSh qishloq ayollariga 200 ming dollarlik uskunalar tarqatishni boshladi

AQSh o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi orqali 226 nafar qishloq ayoliga issiqxona, sutni qayta ishlash, parrandachilik, gilamdo‘zlik, tikuvchilik, kashtachilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun uskunalar tarqatishni boshladi.

2022 yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 2,7 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Prezidentning 2022−2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, joriy yilda jami 5284 ta mahalla uchun 2 trln 700 mlrd so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmagan mablag‘lar keyingi yildagi qurilish-ta’mirlash ishlari uchun yo‘naltiriladi.

Sariosiyoda «Hazarbog‘» kanali irmog‘idan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi

Avgustda Surxondaryodagi «Hazarbog‘» kanalidan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi. Sud-tibbiy ekspertiza uning o‘limiga burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suv bilan berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytdi. Bunda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.

O‘zbekistonda so‘nggi 22 yil ichida faqat 2014 yil iqlimiy harorati bazaviy iqlimiy me’yordan past kuzatilgan

XXI asr boshlanishi bilan O‘zbekistonda o‘rtacha yillik havo harorati 2014 yildan tashqari barcha yillarda me’yordan yuqori bo‘lib kelmoqda.

Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni mag‘lub etdi

Shaxmat bo‘yicha «World Fischer Random Chess Championship» jahon chempionatida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va amerikalik Uesli Soni mag‘lub etdi. Uning keyingi raqibi islandiyalik Steyn Gretarsson bo‘ladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasining batafsil tahlili

Toshkentda qurilishlar o‘rtacha necha qavatli bo‘ladi, bir qavatli mahallalar taqdiri nima bo‘ladi, poytaxtning me’moriy qiyofasi qanday saqlanishi kerak va nima uchun barcha qurilish loyihalarini shahar tashqarisiga ko‘chirish imkonsiz? «ToshkentboshplanLITI» instituti direktor o‘rinbosari ushbu savollarga javob berdi.

«JCH-2022`da ishlash taklifi tushganda, beradigan oyligiga ham qaramadim» — Alisher Nikimbayev

Alisher Nikimbayev — Qatar futbol assotsiatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasida texnik ekspert. «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi doirasida u 20 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022`ga tayyorgarlik jarayonlari, qolaversa, o‘zbek futboli muammolari va istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Avlodlar ta’nasiga qolmaylik

Afsuski, biz sovet davri kishilari ota-bobolarimiz izidan borish o‘rniga, yuzlab yillik tarixga ega Xo‘jand, So‘fimiyon, Eshonxo‘ja singari qishloqlarning nomlarini o‘zimizning tilu dinimizga yot nomlar bilan atadik. Bularning barchasiga birinchi navbatda ziyoliman deb bo‘yinbog‘ taqib yurganning har biri aybdordir.