Jahon

Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi
5 yanvar 2021, 16:39

Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi

Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi 2017 yilda yopilgan chegaralar, shu jumladan, havo va dengiz chegaralari ochiladi.

Angliya uchinchi umummilliy karantin e’lon qildi
5 yanvar 2021, 11:01

Angliya uchinchi umummilliy karantin e’lon qildi

Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi oqibatida Angliyada uchinchi umummilliy karantin e’lon qilindi. Maktab va universitetlar masofaviy ta’limga o‘tmoqda. Aholiga ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.

O‘zbekiston Tojikistonning janubida koronavirus bemorlarini taqsimlash markazini quradi
4 yanvar 2021, 23:41

O‘zbekiston Tojikistonning janubida koronavirus bemorlarini taqsimlash markazini quradi

Tojikistonning Xatlon viloyatida O‘zbekiston qurayotgan tibbiy markaz negizida COVID-19 bemorlarini taqsimlash uchun markaz ochiladi. Inshoot bahorda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab yubordi
4 yanvar 2021, 18:27

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab yubordi

Turkiyaning Izmir shahrida 28 yoshli o‘zbekistonlik ayol 10-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi. Unda ruhiy muammolar kuzatilgani aytilmoqda.

Dunyo bo‘ylab COVID-19 yuqtirganlar soni 85 milliondan oshdi
4 yanvar 2021, 15:59

Dunyo bo‘ylab COVID-19 yuqtirganlar soni 85 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 milliondan oshdi. Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 47,87 mln dan ortiq bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1 mln 843 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Donald Tramp Jorjiya shtati rasmiylaridan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi
4 yanvar 2021, 15:08

Donald Tramp Jorjiya shtati rasmiylaridan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtati hukumati vakillariga saylovlarning natijalarini qayta ko‘rib chiqishlarini talab qilib, jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitgan holda telefon suhbati orqali bosim o‘tkazgan. OAVlar yozib olingan suhbatni ommaga e’lon qilishdi.

Nigerda jangarilar qishloqqa hujum qildi, yuzdan ortiq kishi vafot etdi
4 yanvar 2021, 11:11

Nigerda jangarilar qishloqqa hujum qildi, yuzdan ortiq kishi vafot etdi

Jangarilarning Nigerdagi ikkita qishloqqa hujumi natijasida 100 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Ushbu hodisa tinch aholining mamlakat tarixida eng katta ommaviy qirg‘ini ekanligi aytilmoqda.

JSST Pfizer vaksinasini favqulodda ishlatishga ruxsat berdi
1 yanvar 2021, 14:24 1

JSST Pfizer vaksinasini favqulodda ishlatishga ruxsat berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer vaksinasini koronavirusga qarshi favqulodda ishlatishga ruxsat berdi. Vaksina JSSTning xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha talablariga javob bergan. Bu dunyo mamlakatlariga vaksinani import qilishga va aholiga tarqatishga imkoniyat beradi

Yamandagi aeroportda kuchli portlash yuz berdi. Besh kishi vafot etdi
30 dekabr 2020, 16:51

Yamandagi aeroportda kuchli portlash yuz berdi. Besh kishi vafot etdi

Yamanning Aden shaxri aeroportiga hukumat a’zolari yetib kelganida kuchli portlash ro‘y berdi. Hodisa oqibatida besh kishi vafot etdi va 20 ga yaqin kishi yaralandi.

Rossiyada Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
30 dekabr 2020, 14:21

Rossiyada Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi oppozitsiya lideri Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘adi. U xayriya sifatida yig‘ilgan 356 million rublni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

Xorvatiyada 6,3 balli zilzila qayd etildi, qurbonlar soni 7 nafarga yetdi
30 dekabr 2020, 11:23

Xorvatiyada 6,3 balli zilzila qayd etildi, qurbonlar soni 7 nafarga yetdi

Xorvatiyada epitsentri Petrinya shahri bo‘lgan 6,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Hozirga qadar 500 dan ortiq fuqaro uysiz qolgan, 7 nafari vafot etgan.

COVID-19
28 dekabr 2020, 18:52

COVID-19

Koronavirusning yangi shtammi haqida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u oldingisidan 70% ga kuchliroq deyilmoqda. Hozirda ushbu shtamm COVID-19'ning boshqa shtammlarini o‘rnini egallamoqda. U hozirgacha 10ga yaqin mamlakatlarda aniqlandi.

Janubiy Koreya va Kanadada ham koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Yaponiya chegaralarni yopib qo‘ydi
28 dekabr 2020, 11:50

Janubiy Koreya va Kanadada ham koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Yaponiya chegaralarni yopib qo‘ydi

COVID-19'ning yangi shtammi Janubiy Koreya va Kanadada ham aniqlanda va Buyuk Britaniya bilane aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘yishdi. Yaponiya esa yangi shtamm aniqlanganligi sabab yanvar oxirigacha mamlakat chegaralarini yopib qo‘ydi. Shuningdek, yangi shtamm Singapur, Germaniya, Fransiya, Irlandiya, Shveysariya, Livan, Shvetsiya va Ispaniya ham aniqlandi.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 80 mln dan oshdi
26 dekabr 2020, 22:58

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 80 mln dan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 mln dan oshdi. COVID-19 dan tuzalganlar soni 45,1 mln dan oshgan bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1,75 mln dan ko‘proqni tashqil qilmoqda. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston va Braziliya mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Turkiyaga kirishda yangi qoidalar o‘rnatildi
26 dekabr 2020, 13:03

Turkiyaga kirishda yangi qoidalar o‘rnatildi

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi kelgusi yilning 1 martiga qadar mamlakatga kirishda yangi qoidalar joriy etdi. Xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar uch kun ichida olingan salbiy PZR-test ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumotnomasi bo‘lmaganlar bir haftalik karantinga olinadi.

2021 yilda dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak sotuvga chiqadi
24 dekabr 2020, 21:05

2021 yilda dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak sotuvga chiqadi

Dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak 2021 yilning ikkinchi choragidan sotuvga chiqarilishi mumkin. Fransiyaning Carmat kompaniyasi ushbu qurilmani yaratish bo‘yicha ishlarni 27 yil oldin boshlagan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 dekabr 2020, 19:11

Jahon yangiliklari dayjesti

Maya Sandu Moldova prezidenti lavozimiga kirishgani, Xitoyning Alibaba Group ustidan tergovni boshlashi, Trampning harbiy byudjet loyihasiga qarshi chiqqani, Isroilda yilning uchinchi lokdauni joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Pandemiya sabab jurnalistlarning muammolari jiddiylashdi — YUNESKO
24 dekabr 2020, 19:08

Pandemiya sabab jurnalistlarning muammolari jiddiylashdi — YUNESKO

YUNESKOning ma’lum qilishicha, 2020 yilda o‘z vazifasini bajarish davomida 59 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot pandemiya boshlanishi bilan jurnalistlarning xavfsizligi borasidagi muammolar ham jiddiylashganini aytmoqda.

COVID-19 dan vafot etgan italiyaliklarning qarindoshlari hukumatni sudga berishdi
24 dekabr 2020, 11:25

COVID-19 dan vafot etgan italiyaliklarning qarindoshlari hukumatni sudga berishdi

Italiyada COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning qarindoshlari koronavirus pandemiyasi paytida beparvoligi uchun hukumatni sudga berishdi. Ular tovon puli sifatida 100 mln yevrodan ko‘proq pul talab qilmoqda.

AQSH Belarus hukumatiga qarshi cheklovlar ro‘yxatini kengaytirdi
24 dekabr 2020, 11:25

AQSH Belarus hukumatiga qarshi cheklovlar ro‘yxatini kengaytirdi

AQSH o‘zining Belarus hukumatiga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga Markaziy saylov komissiyasi, Belarus ichki ishlar vaziri Gennadiy Kazakevich, KGB maxsus kuchlari va Minsk shahar mobil operativ otryadini (OMON) ham kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting