Avvalroq, «britancha shtamm» deb nom olgan COVID-19'ning yangi shtammi Janubiy Koreya va Kanadada ham aniqlandi, deya xabar berdi RIA Novosti. Janubiy Koreya Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni 23 dekabr kuni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Avvalroq, Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham «britancha shtamm» aniqlangani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, yangi shtamm Singapur, Germaniya, Fransiya, Irlandiya, Shveysariya, Livan, Shvetsiya, Ispaniya va Yaponiyada ham aniqlandi.

Bir qator mamlakatlar, shu jumladan, Yaponiya (yanvar oxirigacha), Saudiya Arabistoni, Isroil, Ummon va Quvayt kabi mamlakatlar chegaralarni vaqtincha yopib qo‘yishdi va havo yo‘llari orqali qatnovlarni to‘xtatishdi.

Braziliya, Rossiya, Kanada, Eron, Turkiya, Ispaniya, Hindiston, Niderlandiya, Italiya, Germaniya, Polsha, Shvetsiya, Daniya, Finlandiya, Xorvatiya va shuningdek, Boltiqbo‘yi mamlakatlari esa Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi.

Ma’lumot uchun, ushbu shtamm 14 dekabr kuni aniqlangan edi.