Fransiyaning Carmat kompaniyasi dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurakni sotishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Qurilma yurak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlar uchun yurak transplantatsiyasining o‘tish davri sifatida ishlatiladi.

«Carmat sun’iy yuragi juda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. 2030 yilga kelib Yevropada yillik savdo hajmi 700 mln yevroni tashkil qilishi kutilmoqda», — dedi Portzamparc tahlilchisi Mohamed Kaabuni.

Sotuvlar 2021 yilning ikkinchi choragida boshlanishi mumkin. Kompaniya Yevropa regulyatorlaridan kerakli ruxsatnomalarni oldi.

Sun’iy yurakni yaratish bo‘yicha ishlar 27 yil oldin boshlangan edi. 1993 yilda kardiojarroh Alen Karpente ushbu g‘oyani fransuz sanoatchisi Jan-Lyuk Lagarderga namoyish etdi. Matra aerokosmik uskunalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi Lagarder Carpentega bir nechta laboratoriya va muhandislarni taqdim etdi. Ushbu loyiha yillar davomida rivojlanib bordi.