2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 1 martgacha Turkiyaga tashrif buyuradigan fuqarolar uchun mamlakatga kirishning yangi qoidalari kuchga kiradi, deb xabar qildi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan yangi talablarga binoan, mamlakatga kiradigan yo‘lovchilar chegaradan o‘tayotganda o‘zlari bilan 72 soatdan kam bo‘lmagan muddatda olingan koronavirus uchun salbiy PZR-ma’lumotnomasiga ega bo‘lishlari kerak.

Bundan tashqari, salbiy PZR-testini taqdim etmagan yo‘lovchilar mamlakatga kirishda ko‘rsatilgan yashash joyi (uy, mehmonxona va boshqalar) manzilida bir haftalik karantinga joylashtiriladi. O‘z navbatida, Turkiyada yashash manzilini ko‘rsatmagan shaxslar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan joylarda karantinga olinadi.

Aniqlik kiritilishicha, yetti kunlik karantindan so‘ng COVID-19 testi ijobiy chiqqan yo‘lovchilar Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi qoidalariga muvofiq davolanadi.