Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 mln 27 mingga yetdi.

Eng ko‘p zararlanganlar AQSH (18,77 mln), Hindiston (10,16 mln), Braziliya (7,44 mln), Rossiya (2,99 mln), Fransiya (2,6 mln), Buyuk Britaniya (2,26 mln) va Turkiya (2,13 mln) mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 45,1 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 1 mln 753 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda (196 ming kasallanganlar) bo‘lib turibdi. Shuningdek, hozirda Qirg‘izistonda 80 mingdan ortiq, Afg‘onistonda 50 ming, Tojikistonda 13 mingdan ortiq COVID-19 bilan zararlanganlar bor.