Italiyaning Lombardiya provinsiyasida koronavirusdan vafot etgan deyarli 500 nafar fuqaroning qarindoshlari mamlakat rasmiylariga qarshi sudga murojaat qildi. Ular 100 mln yevrodan ko‘proq tovon puli talab qilmoqda.

Sudlanuvchilar bosh vazir, sog‘liqni saqlash vaziri va Lombardiya gubernatori hisoblanadi.

Da’vogarlarning fikriga ko‘ra, fevral oyining oxirida Lombardiyada koronavirus tarqalishi boshlangan paytda, hukumat butun mamlakat bo‘ylab umummiliiy karantinni va u bilan birga vujudga keladigan iqtisodiy zararni oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rmadi.

Italiya koronavirusning juda keng tarqalishiga duch kelgan birinchi G‘arb mamlakati edi. Uning hukumati birinchi bo‘lib butun mamlakat bo‘ylab karantin e’lon qilgan. Koronavirusdan o‘lim bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda va dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. Pandemiya boshlanganidan beri bu mamlakatda deyarli 70 ming kishi virus oqibatida vafot etdi.