AQSH o‘zining Belarus hukumatiga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga Markaziy saylov komissiyasi, Belarus ichki ishlar vaziri Gennadiy Kazakevich, «Alfa» KGB maxsus kuchlari va Minsk shahar mobil operativ otryadini (OMON) ham kiritdi, deya xabar berdi TUT.BY.

Sanksiyalar ushbu shaxslar va tuzilmalarning «prezidentlik saylovlaridagi firibgarlik va keyinchalik tinch demokratik noroziliklarni kuch ishlatgan holda bostirishda» ishtirok etganlik yoki aloqadorliklari uchun qo‘llanadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng mamlakatda ommaviy noroziliklar boshlangan bo‘lib, u hozirgacha davom etmoqda. Oktyabr oyida AQSH Belarusning 8 nafar rasmiy shaxslariga, shu jumladan, o‘sha paytdagi Belarus ichki ishlar vaziri Yuriy Karayevga nisbatan sanksiyalar e’lon qilgan edi.