Jahon

Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik baza quriladi
20 iyul 2021, 21:52

Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik baza quriladi

Tojikistonning Xatlon viloyatida afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik saqlash bazasini qurish rejalashtirilmoqda. Viloyat rahbari Qurbon Hakimzoda afg‘onlarning o‘z vaqtida fuqarolik urushi jarayonida tojikistonliklarni dastaklaganini esga oldi. Iyul boshida O‘zbekiston Termiz yaqinida ham chodirli shaharcha qurilishi haqida xabar qilingan edi, biroq mamlakat hukumati hozircha ushbu xabarga izoh bermadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 iyul 2021, 21:22

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘oniston qurolli kuchlarining bir necha hududlarni toliblardan qaytarib olgani, Xitoy va Hindistondagi kuchli yomg‘irlar, Shanxayda dunyodagi eng katta planetariyning ochilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Josuslik dasturi jurnalistlar va faollarni kuzatish uchun ishlatilgan — OAV surishtiruvi
19 iyul 2021, 16:03

Josuslik dasturi jurnalistlar va faollarni kuzatish uchun ishlatilgan — OAV surishtiruvi

The Guardian va boshqa 16 ta nashr jurnalistlarining birgalikdagi surishtiruvda Isroilning NSO Group kompaniyasiga tegishli Pegasus josuslik dasturi hukumatlar va maxsus xizmatlar tomonidan butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus jurnalistlari, faollari va kompaniya rahbarlari telefonlariga xakerlik hujumi uchun ishlatilganini aniqlashdi.

Afg‘oniston hukumati va toliblar kompromissga kelish bo‘yicha kelishuvga erishdi
19 iyul 2021, 14:28

Afg‘oniston hukumati va toliblar kompromissga kelish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» Qatardagi muzokaralarda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi, lekin iloji boricha tezroq kompromissga erishishga kelishishdi.

Virgin Galactic kosmik parvozga ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi
17 iyul 2021, 17:29

Virgin Galactic kosmik parvozga ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi

Virgin Galactic kompaniyasi 2022 yilda koinotga amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozga 2 ta chiptani lotereyaga qo‘ydi. G‘olibga parvozdan tashqari transfer, mehmonxonada joy va Richard Brenson bilan kosmodromga shaxsiy ekskursiya va’da qilingan.

Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samaradorlik ko‘rsatdi — OAV
17 iyul 2021, 16:48

Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samaradorlik ko‘rsatdi — OAV

Kubaning koronavirusga qarshi Abdala vaksinasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichida kasallikning og‘ir shakli va o‘limga qarshi 100% samaradorligini ko‘rsatdi. Vaksinaning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadiganlarni 300 ming kishiga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Germaniyadagi toshqinlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
17 iyul 2021, 12:23

Germaniyadagi toshqinlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning g‘arbiy qismlarida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Reynland-Pfals federal yerida kamida 63 kishi, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada kamida 43 kishi vafot etgani hozircha ma’lum. 1000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Hududda mobil aloqa mavjud emas, shuning uchun rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qayerda ekanliklari haqida xabar bera olmayapti.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 iyul 2021, 21:30

Jahon yangiliklari dayjesti

BAAda komendantlik soati va mamlakatga kirish tartibining yangilangani, JARdagi tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining vafot etgani, BMT bosh kotibining Olimpiya sulhiga rioya qilishga chaqirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Germaniyada suv toshqini tufayli mingdan ziyod odam bedarak yo‘qoldi
16 iyul 2021, 10:35

Germaniyada suv toshqini tufayli mingdan ziyod odam bedarak yo‘qoldi

Germaniyada dushanbadan beri davom etayotgan yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 1,3 ming kishi bedarak yo‘qoldi, 50 dan ortig‘i halok bo‘ldi. Suv bosgan yo‘llar va vayron bo‘lgan ko‘priklar tufayli ba’zi aholi punktlariga hanuzgacha kirish imkoni yo‘q.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 iyul 2021, 21:38

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropadagi toshqinlarda 48 ga yaqin kishining halok bo‘lgani, pandemiya sababli bolalar o‘rtasida muntazam emlashlar sonining kamaygani, MDHda COVID-sertifikatlarini o‘zaro tan olish masalasining muhokamasi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toliblar Kobulga o‘z mahbuslarini ozod qilish evaziga sulh taklif qildi
15 iyul 2021, 16:25

Toliblar Kobulga o‘z mahbuslarini ozod qilish evaziga sulh taklif qildi

«Tolibon» harakati vakillari Kobulda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Afg‘oniston hukumatiga uch oylik muddatga o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qildi. Buning evaziga ular ilgari qo‘lga olingan harakatning 7000 jangarilarini ozod etishni talab qilishgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 iyul 2021, 21:22

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroilda BAA elchixonasining ochilgani, Armanistonning Qorabog‘dagi urushda 8 mingga yaqin kishini yo‘qotgani, Britaniya hukumatining «Tolibon» bilan hamkorlik qilishga tayyorligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
13 iyul 2021, 23:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyoda to‘yib ovqatlanmaydiganlar sonining ko‘paygani, Google’ning 593 mln dollar miqdorida jarimaga tortilgani, Fransiyada majburiy emlash va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

BMT: Afg‘oniston gumanitar fojia arafasida
13 iyul 2021, 17:46

BMT: Afg‘oniston gumanitar fojia arafasida

BMT Afg‘onistonning gumanitar fojiaga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantirmoqda. Mamlakatda mojaroning keskinlashuvi sabab aholi o‘z yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Iroqdagi kasalxonada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
13 iyul 2021, 10:27

Iroqdagi kasalxonada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Iroqning En-Nasiriya shahrida joylashgan kasalxonadagi COVID-19 bemorlari davolanadigan bo‘lim yonib ketdi. Kamida 50 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 iyul 2021, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari, Afg‘onistonda 18 mlndan ortiq kishining shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj bo‘lib qolayotgani, Gruziya va JARdagi hukumatga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Kubada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
12 iyul 2021, 11:48

Kubada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Kubada minglab aholi hukumatga qarshi namoyish o‘tkazdi. Namoyishchilar aholini koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta’minlashni talab qildilar va elektr energiyasi hamda oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlardan noroziliklarini bildirdilar. Bu mamlakatdagi 30 yil ichidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

Milliarder Richard Brenson raketoplanda koinotga parvoz qildi
12 iyul 2021, 01:49

Milliarder Richard Brenson raketoplanda koinotga parvoz qildi

Virgin Galactic kompaniyasi asoschisi Richard Brenson VSS Unity raketoplanida koinotga parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, kosmik turizm erasi boshlanganini e’lon qildi.

Tojikistonda zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
10 iyul 2021, 17:18

Tojikistonda zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Tojikistonning sharqiy qismida 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Natijada, besh kishi halok bo‘ldi va 19 ta uy zarar ko‘rdi.

Toliblar Qandahorga kirishdi
9 iyul 2021, 16:23

Toliblar Qandahorga kirishdi

«Tolibon» harakati vakillari Afg‘onistonning Qandahor shahriga kirishdi. Avval shaharning markaziy qamoqxona, so‘ng bozor hududida janglar bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. Bir necha tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va yaralangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting