«zo‘ravonlik» tegli maqolalar


Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi
27 mart 2024, 16:55

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi

Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan qo‘shimcha ayblov qo‘yildi
11 mart 2024, 12:11

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan qo‘shimcha ayblov qo‘yildi

Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan.

Bolalarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling ham zo‘ravonlik deya belgilanmoqda
27 fevral 2024, 15:00

Bolalarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling ham zo‘ravonlik deya belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling qo‘shishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda.

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video ishlagan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi
28 yanvar 2024, 10:40

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video ishlagan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Toshkentda erkak onasining enagasini kaltakladi
10 yanvar 2024, 17:03

Toshkentda erkak onasining enagasini kaltakladi

Poytaxtning Yangihayot tumanida mast erkak onasining enagasini kaltakladi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi xususiy bog‘chada qo‘pol harakati bilan bolaning qo‘lini chiqarib yuborgan xodimga nisbatan jinoiy ish ochildi
27 dekabr 2023, 09:38

Toshkentdagi xususiy bog‘chada qo‘pol harakati bilan bolaning qo‘lini chiqarib yuborgan xodimga nisbatan jinoiy ish ochildi

Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol harakat qilib, unga shikast yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi
26 dekabr 2023, 10:04

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi. Ayolning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlandi.

Toshkentda mast holda qizini urgan ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
23 noyabr 2023, 12:39

Toshkentda mast holda qizini urgan ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Poytaxtdagi gul do‘konlarining birida 9 yoshda ekani aytilayotgan qizni mast onasi kaltakladi. Holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda. “Qizcha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.

Toshkentda tez yordam feldsheri qo‘lga olindi
21 noyabr 2023, 09:45

Toshkentda tez yordam feldsheri qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari Toshkent shahri shoshilinch tibbiy yordam markazi feldsherini bemorga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirishda gumonlab, qo‘lga oldi.

Toshkentda ayol farzandini kaltakladi
13 oktabr 2023, 14:31

Toshkentda ayol farzandini kaltakladi

Mirobod tumanida ayol farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kaltakladi. Ayol o‘sha vaqtda yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lganini aytdi. Tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi.

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda
12 oktabr 2023, 14:49

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda

Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi
6 sentabr 2023, 11:53

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB podyezdda qizga hujum qilgan 29 yoshli erkakning shaxsi aniqlangani va hibsga olinganini ma’lum qildi.

Toshkentda pod’ezdda qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda
5 sentabr 2023, 18:15

Toshkentda pod’ezdda qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak qizning ortidan kelib, pod’ezdda unga teginish maqsadida hujum qildi, deya xabar berdi Nemolchi.uz loyihasi. Toshkent IIBB bu ma’lumotni tasdiqladi va noma’lum shaxs hali qo‘lga olinmaganini bildirdi.

O‘zbekistonda o‘tgan 7 oyda qariyb 22 ming xotin-qizga himoya orderi berildi
5 sentabr 2023, 10:32

O‘zbekistonda o‘tgan 7 oyda qariyb 22 ming xotin-qizga himoya orderi berildi

O‘zbekistonda yilning dastlabki 7 oyida qariyb 21 871 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga himoya orderi berildi. Qayd etilgan holatlarning 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan.

O‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilgan maktab psixologi muddatidan oldin ozodlikka chiqdi
14 avgust 2023, 12:00

O‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilgan maktab psixologi muddatidan oldin ozodlikka chiqdi

Nemolchi.uz loyihasi 3−5-sinf o‘quvchilarini axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan va 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan maktab psixologi Azad Gasanov muddatidan oldin ozod etilgani haqida xabar berdi. Toshkent shahri ta’lim boshqarmasi esa u hozirda hech qaysi maktabda ishlamayotganini ma’lum qildi.

“„Arizangni qaytib ol“, „Oilada bo‘ladi-ku“, deyishmasin”. Senat raisi — oiladagi zo‘ravonliklar haqida
5 avgust 2023, 09:42

“„Arizangni qaytib ol“, „Oilada bo‘ladi-ku“, deyishmasin”. Senat raisi — oiladagi zo‘ravonliklar haqida

Senat raisi Tanzila Narbayeva oiladagi zo‘ravonlar jinoiy javobgarlikka tortilishi, qonuniy jazosini olishi shartligini ta’kidladi. “Mahallalardagi faollaringiz hech qachon: „arizangni qaytib ol“, „oilada bo‘ladi-ku“ deyishmasin. O‘sha zo‘ravon jazosini olishi shart”, — dedi u Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariga.

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda
6 iyul 2023, 12:26

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Sukut saqlama (Nemolchi.uz) loyihasiga may oyida qo‘shnisining tanishi tomonidan zo‘rlangan 13 yoshli qizchaning onasi murojaat qildi. Bu ishni Toshkent shahri Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektori qilgani aytilmoqda.

Qashqadaryoda 14 yoshli qizini kaltaklagan ota 3 yilga qamaldi
6 iyun 2023, 23:35

Qashqadaryoda 14 yoshli qizini kaltaklagan ota 3 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 14 yoshli qizini bir yil davomida muttasil kaltaklab kelgan ota 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak ushlandi
20 aprel 2023, 17:20

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB 17 yoshli o‘quvchi qizga hujum qilgan erkak qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxs Samarqand viloyatida yashovchi 26 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.

Toshkentda erkak 17 yoshli qizga hujum qildi
20 aprel 2023, 16:35

Toshkentda erkak 17 yoshli qizga hujum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak ko‘chada ketayotgan o‘quvchi qizga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, hodisa Toshkent shahrining Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. Erkakning shaxsi aniqlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting