Toshkent shahri Mirobod tumanidagi SUM atrofida ayol farzandini kaltaklagani videosi tarqaldi. Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, vaziyat vasiylik va homiylik organi mutasaddi xodimlari va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, ayol 13-oktabr kuni Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasi hududida joylashgan “Alik” nomli suratxonaga rasmga tushish maqsadida kelgan.

Ayol bilan suhbat natijasida ma’lum bo‘lishicha, u yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lgan vaqtida, farzandining xarxashasiga javoban qo‘pol harakat sodir etgan. Ayol ushbu qilmishidan pushaymonligini, bunday holat avvallari bo‘lmaganini va holat boshqa takrorlanmasligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB FMB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.