Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida joriy yilning aprel oyida 14 yoshli qizini kaltaklagan otaga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi, deya xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, R. T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o‘zining 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizini har xil so‘zlar bilan haqoratlab, urib-do‘pposlab, qiynab kelgan.

Sud hukmiga muvofiq R. T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mazkur holatda qizni kaltaklashda uning 1982-yilda tug‘ilgan o‘gay onasi ham ishtirok etgan.

Avvalroq qiz mahalla qaromog‘iga olinib, xavfsizligi ta’minlangani, uni vasiylikka berish masalasi ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingan edi.