Toshkent shahri Mirobod tumanida 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda shahar IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 19-aprel kuni taxminan soat 12.50 larda 2005-yilda tug‘ilgan Z.B. Mirobod tumani, Inoqobod ko‘chasida uyiga qaytayotgan vaqtida orqasidan 1997-yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi O.O. kelib, quchoqlab, yuzidan o‘pib qo‘yib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida O.O. ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyiladi IIBB xabarida.