6-sentabr kunidan to‘ldirish: Erkak ushlandi.

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 4-sentabr kuni noma’lum shaxs pod’ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qildi. Bu haqda O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.

“Qiz o‘z pod’ezdiga kirib ketayotganida noma’lum yigit unga orqadan hujum qildi. Uni yerga yiqitib, intim a’zolariga tegina boshladi. Qiz dahshatga tushib, qichqirdi, qo‘shnilar esa yugurib chiqdi. Yigit qo‘rqib, jinoyat joyidan qochib ketdi”, — deyiladi xabarda.

Bu ma’lumotni “Gazeta.uz”ga Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati tasdiqladi.

Aniqlanishicha, voqea Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasidagi uyda sodir bo‘lgan. “Erkak qizning orqasidan kelib, uni quchoqlagan, qiz qo‘rqib ketgan va sumka bilan urgan, shundan so‘ng noma’lum shaxs qochib ketgan”, — deyiladi xabarda.

зўравонлик

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Erkak hali qo‘lga olinganicha yo‘q.