20-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak ko‘chada o‘quvchi qizning ortidan yugurib kelib, unga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi.

Erkak qizning og‘zini qo‘li bilan yopgan va uni yerga o‘tkazgan. Shundan so‘ng erkak o‘rnidan turib, qochib ketgan. Qiz o‘rnidan turib qochib ketayotgan erkakka qarab turadi, keyin o‘tirib, yig‘laydi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, voqea 19-aprel kuni soat 13:00 atrofida Toshkent shahri Mirobod tumanida 17 yoshli qiz qo‘shimcha darslardan qaytayotganda sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, noma’lum fuqaroning shaxsini aniqlash hamda qidirib topish choralari ko‘rilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.