Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u «Gruppa GAZ», «AvtoVAZ «prezidenti va Yazaki`ning Yevropa bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportga ichki bozorga nisbatan 30−40 foiz arzonroqqa sotilgan, deya ta’kidladi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida raqobat muhitining shakllanishi, Toshkent, Namangan va Jizzax viloyatlarida yangi zavodlar qurilishi natijasida avtozavod o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 194 mln dollarga yengil avtomobil eksport qildi. Eksportning qariyb 94 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi, ikkinchi o‘rinda — Afg‘oniston.
UzAuto Motors kompaniyasi Spark uchun shartnoma tuzishni qayta tikladi, yangi shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berish 2022 yilning fevralidan boshlanadi.
Olti oy yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmi 24 foizga kamayganiga qaramasdan, sof daromadini qariyb 70 foizga — 902,6 mlrd so‘mga (84,6 mln dollar) oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
UzAuto Motors Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi bilan avtomashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ma’lumotlar bazasini sinxronlashtirmoqda. Bu avtomobillarni xarid qilish va sotishdagi noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi shaxslar o‘z navbatini pullash maqsadida mashina sotib olish bo‘yicha 10, 20 va hattoki, 200 ta kelishuv shartnomalarini tuzgan.
UzAuto Motors yanvar-may oylarida Qozog‘istonda 11,7 ming dona avtomobil sotib, savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
UzAuto Motors katta miqdordagi po‘lat listlar Rossiyadan olib kelinayotganda yo‘qolganini ma’lum qildi. Talon-toroj qilingan ushbu listlar 2000 dan ortiq Nexia-3 avtomobilining kuzov qismlarini ishlab chiqarishga yetar edi, deya aniqlik kiritdi kompaniya.
Shimoliy Qozog‘iston viloyati politsiyasiga 86 ta yangi Cobalt avtomobili topshirildi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov UzAuto Motors masalasida: «Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida», — deya ta’kidladi. Uning fikricha, «odamlar halol ishlab topgan pullariga sifatli avtomobil sotib olishga haqli». Biroq, deputat hozircha bojxona boji bekor qilinishi tarafdori emas. «Biz o‘zimizni odamlarni avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilayapmiz», — dedi u.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAutoMotors mashinalari «pachoqlanib» ketayotganliklari ularning xavfsizlik jihatidan yaxshi jihozlanmaganligida ekanligini ta’kidladi. «Ilgari odamlarni temir o‘ldirgan bo‘lsa, hozir plastmassa o‘ldiryapti. Avtomobillar agar shunchalik yaxshi chiqayotgan bo‘lsa, nimaga haligacha o‘lim xavfi ko‘payib bormoqda?», — dedi deputat. Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mutaxassis Orifjon Nazarov mashinalar sifatini tanqid qilishdan ko‘ra, haydovchilar madaniyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.
UzAuto Motors yangi avtomobillari uchun ko‘p ming kishilik navbatlar yuzaga keldi. Tarmoqlarda «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya ayrim dilerlar mikrochiplar bozoridagi vaziyatdan foydalanishga harakat qilayotganini ma’lum qilib, noqonuniy harakatlar haqida xabar berishga chaqirdi.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors Antimonopoliya qo‘mitasini «faqat qog‘ozda» mag‘lub etdi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya odamlarning ishonchi va o‘z imijini yo‘qotgan. Deputat, shuningdek, ushbu jarayon misolida sudlarning qanday ishlashi va tizim monopoliyalarga qarshi qanday kurash olib borishini ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.
UzAuto Motors London fond birjasida o‘zining birinchi xalqaro evrobondlarini chiqardi. Buyurtmalar hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Obligatsiyalar Buyuk Britaniya, AQSH va Germaniyaning 130 ga yaqin investorlari o‘rtasida taqsimlandi.
UzAuto Motors bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Rajabov rasman kompaniya bosh direktori etib tayinlandi.
UzAuto Motors zavodidagi ishlab chiqarishning yanvar oyidagi keskin to‘xtashidan so‘ng avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga yetkaza olganicha yo‘q. 2021 yil fevral oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9 873 ta avtomobil kam ishlab chiqarilgan, mart oyida esa 4543 taga kamroq. Eng ko‘p chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt, eng kam ishlab chiqarilgan model Spark.
UzAuto Motors Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari ish haqi keskin kamayganidan va undan ushlab qolinayotganidan shikoyat qildilar. Kompaniya ish haqi bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligini ta’kidlab, xodimlarning ish haqidan kredit to‘lovlari ushlab qolinganligini va sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilganini ma’lum qildi.
«O‘zavtosanoat» raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov UzAuto Motors kompaniyasi inomarka xorij avtomobillari importi vaqtida bojxona boji to‘lash yoki to‘lamasligini ayta olmadi. Biroq, kompaniya «mavjud qonun doirasida faoliyat olib borishini» ta’kidladi. UzAuto Motors rahbari Rustam Rajabov ST-1 sertifikatiga ega bo‘lgan Lada, Hyundai va boshqa avtomobillarni Rossiyadan import qiluvchilar bilan teng shartlarda faoliyat yuritmoqda.
Qimmatbaho — Equinox, Malibu va Tahoe — avtomobillaridan tushgan daromad arzon — Spark va Nexia modellaridan tushgan zararni qoplaydi, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari. Uning aytishicha, o‘tgan yili kompaniya arzon mashinalardan 550 mlrd so‘m yo‘qotgan.
UzAuto Motors ishlab chiqarilgan transport vositalarini yetkazib berishni keyinga qoldirishni rejalashtirmoqda. Buning sababi yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi, yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli dunyodagi bir qancha zavodlarning yopilishi deyilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting