UzAuto Motors kompaniyasi 20 dekabrdan 1 fevralga qadar bo‘lgan muddatda Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Bu vaqtda kompaniya oktabr, noyabr va dekabr oylarida tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajaradi.

«Aynan shu maqsadda zavod belgilangan muddatda ishlaydi. Bu qarorni qabul qilish biz uchun oson bo‘lmadi, ammo hozirgi sharoitda kompaniya avval berilgan buyurtmalar bo‘yicha avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. Vaqtinchalik yangi avtomobilga buyurtma bera olmagan potensial xaridorlarimizdan chin dildan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq kompaniya noyabr-dekabr oylarida avtomobil yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga transport vositalari 2 oydan keyin berilishini ma’lum qilgandi.