UzAuto Motors yangi Chevrolet Equinox 2022 modellarining narxlarini e’lon qildi.

Chevrolet Equinox MY2022 (2022 yil modeli) narxi:

  • 1.5T LS FWD komplektatsiya — 250 732 510 so‘m;
  • 2.0T 1LT FWD MH komplektatsiya — 338 260 870 so‘m;
  • 2.0T 1LT AWD MH komplektatsiya — 365 217 391 so‘m;
  • 2.0T 3LT AWD MH komplektatsiya- 391 304 348 so‘m.

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Ma’lum qilinishicha, Chevrolet Equinox 2022 avtomobilining eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimi hisoblanadi.

«Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy starter o‘rniga kuchli quvvatli motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi», — deyiladi xabarda.

Yangi gibrid tizimi aynan elektro mobildek elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga o‘xshash gibrid bo‘lmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilg‘i samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan ushbu tizim sababli yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km uchun atigi 7,01 litrni sarflaydi.