Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshiga Orol dengizining kuni tushishi mumkin

So‘nggi yillarda Chordara suv omboridan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga chuchuk suv quyilayotgani yo‘q. Suv sathining pasayishi va tarkibining sho‘rlanishi natijasida qirg‘oqlari ayrim joylarda 15−50 mga chekinib, 15−20 smgacha tuz qatlami hosil bo‘ldi, suvning sho‘rlanish darajasi keskin oshdi. Senatorlar va Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosarlari Orol dengizining kuni boshiga tushishi mumkin bo‘lgan ekotizim muammolari haqida gapirdi.

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgan ikki fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Fevral oxirida Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yong‘in chiqib, buning oqibatida 5 kishi vafot etgandi. JIB Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatni sodir etgan 36 va 26 yoshli shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. «Gazeta.uz» jinoyat nima sababdan va qanday sodir etilganini ham aniqlashtirdi.

Qarshida changli bo‘ron kuzatilmoqda

Qarshi shahrida changli bo‘ron hodisasi kuzatilmoqda. Avvalroq, O‘zgidromet respublikaning ayrim viloyatlari hamda cho‘l hududlarida chang ko‘tarilishi haqida ogohlantirgandi. SSV changli havo kuzatilganda fuqarolar nimalarga e’tibor berishi kerakligi borasida o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.

UzAuto Motors 5−17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan avtomobillarni chaqirib oladi

UzAuto Motors kompaniyasi 5−17-dekabr kunlari ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati tufayli qaytarib olinishini e’lon qildi.

Aholining ayrim qatlamiga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik yordam ko‘rsatiladi

Prezident qarori bilan joriy yilda «Temir daftar» ga kiritilganlar, 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor boquvchisini yo‘qotganlar pensiyasini oluvchi oilalar hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchilarga bir martalik 800 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi.

Qibrayda qariyb 14 gektar yerni $3,4 mlnga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan 13,7 gektar yer maydonini 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Noqonuniy ravishda yer sotishga urinishlar Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham qayd etildi.

Baliq yetishtiruvchi xonadonlarning yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev baliqchilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga soliqlardan ozod etiladi.

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi

Prezidentning yangi qarori bilan tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholi va tadbirkorlik sub’etlariga imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkali kreditlar taqdim etiladi. Yagona elektron platforma orqali ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlar platformadagi «marketpleys» tizimi yordamida sotib olinadi.

Senat rahbarining bloklangan Twitter tarmog‘idan foydalanishiga izoh berildi

O‘zbekistonda Twitter faoliyati cheklanganiga qaramasdan, davlat organlari va rasmiy shaxslar, jumladan Senat rahbari Tanzila Narbayeva hamda prezident matbuot xizmati mazkur ijtimoiy tarmoqda postlar e’lon qilishda davom etmoqda. Senator Farhod Boqiyev Senat rahbari kim uchun tvitlar yozayotganini tushuntirishga harakat qildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlikni raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ishga tushirildi

O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda BMTTD raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish loyihasini ishga tushirdi. Uning umumiy qiymati — 2,1 mln dollar.

«O‘zsanoatqurilishbank» e’lon qilgan 2,6 mlrd so‘mlik tanlovda 2 ta kompaniya qatnashdi

«O‘zsanoatqurilishbank» banki e’lon qilgan qariyb 2,6 mlrd so‘mlik tanlovda 2 kompaniya ishtirok etgan. Bank ushbu kompaniyalar o‘zaro afillanmaganligini ma’lum qildi.

Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlar ko‘rsatishni boshlaydi

Milliy gvardiyaning harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik bo‘linmalari shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatadi.

Qibraydagi 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar poytaxt tarkibiga o‘tkazildi

Qibray tumanidan 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar Toshkentning Yashnobod tumani tarkibiga o‘tdi.

Tursunali Kuziyev Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Tursunali Kuziyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u agentlik direktori vazifasini bajaruvchisi edi.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar:

O‘zbekistondagi rahbarlarning mutaxassisligi, ta’lim dargohi va karera yo‘li

O‘zbekistonning uch hokimiyat tarmog‘idagi rahbarlarning o‘rtacha yoshi 53 yoshni tashkil etadi. Eng ko‘p rahbarlar ta’lim olgan OTM Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hisoblanadi. Yuqori lavozimdagi rahbarlar qayerda ta’lim olgan va ularning mutaxassisligi nima? Ular hozirgi lavozimiga qadar qaysi joylarda ishlagan? «Gazeta.uz» qonunchilik, ijro va sud hokimiyati rahbarlari haqidagi asosiy ma’lumotlarni to‘pladi.

Istanbulda O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi — reportaj

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning turli shaharlaridagi universitetlarda tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar, tadqiqotchilar va faol yoshlar o‘z taklif va loyihalari bilan ishtirok etdi. Forum doirasida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev bilan jonli muloqot ham o‘tkazildi. «Gazeta.uz» forumdan reportaj tayyorladi.