«uzauto motors» tegli maqolalar


UzAuto Motors MQKQni OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi
21 oktabr 2020, 16:35

UzAuto Motors MQKQni OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini maqolalarni o‘chirtirish va o‘zgartirish orqali OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi. Qo‘mita esa ushbu ayblovlarni rad etib, o‘z «pozitsiyasi»da qat’iy qolishi va barcha nizolarni faqat sud orqali hal qilishini ta’kidladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «populizm»da ayblandi. Internet foydalanuvchilari: «Hammamiz populistmiz»
13 oktabr 2020, 10:45

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «populizm»da ayblandi. Internet foydalanuvchilari: «Hammamiz populistmiz»

Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.

UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ustidan shikoyati bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
2 oktabr 2020, 16:36

UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ustidan shikoyati bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

UzAuto Motors IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
22 sentabr 2020, 11:49

UzAuto Motors IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishga tayyorgarlikni boshladi. Kompaniya 10 foizgacha miqdorda qo‘shimcha aksiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda.

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga arz qildi
21 sentabr 2020, 16:18

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga arz qildi

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. Oldinroq, Monopoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.

«Avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» — UzAuto Motors
20 avgust 2020, 11:49

«Avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» — UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganligi bois, avtomobillar narxini pasaytirishi kerakligi to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Kompaniya ish bir taraflama ko‘rib chiqilganini, qaror uzil-kesil emasligini va keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanishini ta’kidladi. «Avtomobillar narxini hozir pasaytirish imkonsiz», — deyiladi bayonotda.

UzAuto Motors avtomobillarining narxi qanchaga arzonlashadi — ro‘yxat
19 avgust 2020, 15:17 3

UzAuto Motors avtomobillarining narxi qanchaga arzonlashadi — ro‘yxat

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors tomonidan 2020 yil mart oyida avtomobillar uchun tasdiqlangan va iste’molchilarga realizatsiya qilingan, asossiz kiritilgan xarajatlarni chegirishni va ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarib berishni so‘radi. Yangi shartnomlar ham ushbu chegirmalar asosida tuziladi. Buning oqibatida Spark 3,5 mlngacha, Cobalt 10,5 mlngacha, Gentra 19,8 mlngacha va Damas 15,7 mln so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda.

UzAuto Motors avtomobillari narxi arzonlashtiriladi
19 avgust 2020, 13:13

UzAuto Motors avtomobillari narxi arzonlashtiriladi

UzAuto Motors avtomobillar narxlarini 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha asossiz oshirgani aniqlandi. Kompaniyaga narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilish va avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

UzAuto Motors deputatning fikrlarini populizm va haqiqatni buzib ko‘rsatish deb atadi
6 avgust 2020, 16:59

UzAuto Motors deputatning fikrlarini populizm va haqiqatni buzib ko‘rsatish deb atadi

UzAuto Motors deputat Rasul Kusherbayevning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar haqidagi bergan xabarlariga «populistik fikr-mulohazalar» deb baho berdi hamda «qo‘mita tezislari ochiq-oydin buzilgan» deya munosabat bildirdi.

UzAuto Motors faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlandi
5 avgust 2020, 18:59

UzAuto Motors faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda UzAuto Motors avtomobillariga narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi va raqobat to‘g‘risidagi boshqa qonunbuzarlik alomatlari aniqlandi, deya xabar berdi deputat Rasul Kusherbayev.

Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgani aniqlandi
29 iyul 2020, 20:51

Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting