UzAuto Motors 2021 yil 5−17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish kampaniyasini e’lon qildi. Bu orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq, dedi ishlab chiqaruvchi.

«UzAuto Motors ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirishni o‘zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. UzAuto Motors bosh direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishni e’lon qildii», — deyiladi xabarda.

Barcha ishlar UzAuto Motors xodimlari tomonidan dilerlik ta’mirlash bazasida ishlab chiqaruvchi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Avtomobillari chaqirib olish dasturiga to‘gri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi.