UzAuto Motors Chevrolet Onix`ning beshta pozitsiyasi narxini sezilarli darajada oshirdi. Endi eng arzon Onix 149 mln so‘m o‘rniga 177 mln so‘mdan sotilmoqda. Kompaniya narxlarning oshishi sabablarini ochiqlamadi.
UzAuto Motors bir xaridorga 10 talab shartnoma berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, shartnoma tuzish bilan bog‘liq boshqa “tasdiqlanmagan va provokatsion” xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning fikricha, bu gap-so‘zlar mijozlar orasida shov-shuv ko‘tarish maqsadida tarqatilmoqda.
UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.
Internetda 30-oktabrdan boshlab Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar qayta tiklanishi haqida mish-mishlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi bu ma’lumotni rad etib, dilerlik markazlarida katta navbatlar hosil bo‘lganini ma’lum qildi.
UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar bo‘lgan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
UzAuto Motors Chevrolet Captiva 5 avtomobili narxlarini e’lon qildi. Avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.
Tunda portlash kuzatilgan Toshkentdagi omborxonaning ochiq hududida o‘nlab yangi import avtomobillar, jumladan, elektromobillar bo‘lgan. Ulardan ba’zilari shikastlangan. Bojxona qo‘mitasi xodimi ombor xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lib, bojxona organlarining inshootlari sirasiga kirmasligini qayd etdi. Foto.
O‘tgan haftada UzAuto Motors o‘z avtomobillari uchun shartnomalarni qayta ochdi. Ikki soat ichida 28 ming avtomobil uchun ariza topshirildi. Biroq shartnomalar faqat avtosalonlarda tuzildi, bu esa yana uzun navbatlarni yuzaga keltirdi. Kompaniya bu qarorini olibsotarlarga qarshi kurash bilan izohladi.
UzAuto Motors 18-sentabr kuni Cobalt, Lacetti, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochdi. Oradan 3 soat o‘tib, kompaniya avtomobillarining qo‘shimcha partiyasi uchun to‘liq shartnoma tuzilgani, 28 000 dan ortiq shartnoma imzolanganini xabar qildi.
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun yana bir bor cheklangan miqdordagi kontraktatsiyani ochdi. Shartnomalarni Chevrolet`ning vakolatli dilerlik markazlarida tuzish mumkin.
UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Captiva 5 avtomobillari savdosini qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Avtomobil savdosi 2021-yil noyabr oyida to‘xtatilgandi.
UzAuto Motors kompaniyasi Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun barcha shartnomalar to‘langani, yil oxirigacha 50 mingdan ortiq avtomobil egalariga topshirilishini ma’lum qildi. 2024-yildan esa avtomobillar shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy ichida yetkazib berilishi va’da qilinmoqda.
Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnomalar berish bir kunda to‘xtatilganidan so‘ng internetda ushbu avtomobillar bo‘yicha shartnomalarni sotish to‘g‘risidagi e’lonlar paydo bo‘ldi. UzAuto Motors bunday shartnomalarni xarid qilmaslikka chaqirdi. Olib-sotarlar uchun mashina berish vaqti 270 kungacha uzayishi mumkin.
UzAuto Motors shartnoma tuzish qayta ochilganidan bir kun o‘tib Cobalt, Lacetti va Damas avtomashinalarining sotuvini to‘xtatdi. Ko‘pgina avtosalonlarda ushbu mashinalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun uzun navbatlar paydo bo‘ldi.
UzAuto Motor yetti oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzishni qayta boshladi, shuningdek, Style Plus pristavkali yangi komplektatsiyalarni taqdim etdi. Avtomobillarni topshirish vaqtini qisqartirish uchun kompaniya “ishlab chiqarish jadvali bo‘yicha sotish tizimi”ni joriy qilmoqda.
UzAuto Motors 2024-yilning birinchi choragida Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini kichik hajmda yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu modelni yirik uzelli yig‘ish ishlari joriy yilning may oyidan boshlangan.
UzAuto Motors`ning Asakadagi zavodi 17-iyuldan to‘liq qayta ishga tushadi. Kompaniya matbuot xizmati hozirda liniyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotganini ma’lum qildi. Oy boshida zavod faoliyati modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha to‘xtatilgandi.
Asakadagi avtomobil zavodi rejali modernizatsiya ishlari sababli faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Ma’lum qilinishicha, zavod Cobalt modelini ishlab chiqarishni yiliga 30 mingtaga oshiradi. UzAuto Motors bu ish avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmasligiga ishonch bildirdi.
UzAuto Motors yilning dastlabki 5 oyida eng ko‘p Cobalt, Gentra va Damas ishlab chiqardi. Bu modellarning hech biri sotuvda mavjud emas. Dekabr oyida kompaniya avval buyurtma qilingan avtomobillarni yetkazib berish uchun Lacetti, Cobalt, Damas`ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatgandi.
Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting