1 dekabrdan 15 dekabrga qadar Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasining Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunelining bir tomoni yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.

Bunga ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.