Kelgusi yilning mart oyiga qadar Toshkent uchun ming dona katta sig‘imli yangi avtobus sotib olinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Uchtepa tumani faollari bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.

«Bugun bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdim. Jamoat transportini isloh qilishimiz zarur. Yutuqlar bilan birga, kamchiliklarimiz ham juda ko‘p», — dedi prezident.

Prezident hech bir viloyatga Toshkent shahrichalik imkoniyatlar qilib bermaganini aytdi.

«Yangi metro liniyalari qurmaganimizda nima bo‘lardi? Sergeliga yangi yo‘l qurmaganimizda, tirbandlik qay ahvolga kelardi? Albatta, tirbandlik bo‘lardi», — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Yil boshida 2025 yil oxiriga qadar 1063 ta avtobus va elektrobus sotib olish rejalari haqida ma’lum qilingan edi.