Yil oxiriga qadar Toshkent shahridagi 10 ta markaziy ko‘chada avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish rejalashtirilgan. Poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko‘chalarida rejalashtirilgan avtoturargohlar loyihalarini e’lon qildi.

Toshkent shahrida yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihasi

Ma’lum qilinishicha, jami yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari soni 2251 ta bo‘lib, 57 ta parkomat o‘rnatiladi, 2 ta evakuator va 2 ta to‘xtash joyi qoidalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishini nazorat qiluvchi elektron tizim (parkon) o‘rnatilgan yengil avtomobillar xarid qilinadi. Kelgusida pullik avtoturargohlar tizimi qamrovi kengaytiriladi. Imkoniyati cheklangan haydovchilar uchun to‘xtash joylarining 5 foizini ajratish rejalashtirilgan va ular uchun to‘xtash joylari bepul bo‘ladi.

Transport boshqarmasi hisobotida qayd etilishicha, poytaxt ko‘chalarida to‘xtash joylarini tashkil etish tizimi va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat yo‘qligi sababli, ayrim joylarda tartibsiz to‘xtash joylari yo‘l qismidan ko‘ra ko‘proq joy egallaydi. Haydovchilar yo‘l belgilariga e’tibor bermaydilar, ko‘p joylarda (hatto to‘xtash taqiqlangan joylarda ham) avtotransport vositalarini to‘xtab turish va to‘xtashini tartibga soluvchi shaxslar noqonuniy ravishda ishlayotganiga guvoh bo‘linadi.

Pullik to‘xtash joylarining taxminiy joylashuvi loyihasi

Avvalroq «Gazeta.uz»da Toshkent shahar transport tizimini kompleks rivojlantirish loyiha ofisi direktori Murod Obidovning pullik avtoturargohlar tizimi qanday joriy etilishi haqida intervyusi hamda pullik avtoturargohlarni joriy etish bo‘yicha ekspert xulosalari e’lon qilingandi. Mutaxassislar odamlar avtomobillardan voz kechishlari uchun oddiy jamoat transporti kerakligi, mashinalar hovlilarga kirmasligi lozimligi va rezidentlar bilan muloqot zarurligini qayd etishgandi.

Yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish loyihasi

Glinka ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta:

Bratislava ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta:

Mirobod ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta:

Avliyo ota ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta:

Taras Shevchenko ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta:

Said Baraka ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta:

Moshtabib ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta:

Fidokor ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta:

Sodiq Azimov ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta:

Yakub Kolas ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta:

Pullik to‘xtash joylarini tashkil etish qachon boshlanishi va qachon tugallanishi ko‘rsatilmagan.