205 mln dollarga kamaygan O‘zbekiston zaxiralari, xushmuomala YPX xodimlarini Lacetti, Nexia, Spark bilan mukofotlashni taklif qilgan poytaxt hokimi, O‘zbekistonga kirayotgan diniy materiallarning ham gologramma bilan tamg‘alanishi, avtomaktablarda qimmatlashgan o‘qish narxlari, haftaning birinchi yarmida kutilayotgan yomg‘ir va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev YPX xodimlari uchun «Eng yaxshi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi» tanlovini o‘tkazishni taklif qildi. Bunda xodimlar faoliyati haydovchilarning ovoz berishi yo‘li bilan baholanadi. Eng yaxshi 3 nafar xodim Lacetti, Nexia va Spark mashinasi bilan taqdirlanadi.
Aleksey Xen Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U o‘zi ishlab kelayotgan Raqamli rivojlanish departamentiga rahbar bo‘ldi.
Toshkentda iliq kunlar boshlangani munosabati bilan 1 apreldan issiqlik ta’minoti o‘chiriladi.
Toshkent ko‘chalaridan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi kutilmoqda. Mazkur nom ostidagi ko‘cha avval ham bo‘lgan, u 2011 yilda Zarafshon ko‘chasi etib o‘zgartirilgandi.
Toshkent shahar hokimligi Bobur ko‘chasida qatnov qismini ajratib turuvchi yashil maydonlar joyiga qaytarib qo‘yilishini ma’lum qildi. Ushbu yashil maydon 2016 yilda yo‘q qilinib, uning o‘rniga betondan yo‘l ajratmasi bunyod etilgandi.
Poytaxtning 12 tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshladi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uchta tumani hokimlarini jarimaga tortdi. Tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi reytingidan kelib chiqib, uch nafar hokimga esa ustama belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabi, Geologiya fanlari universiteti, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi hamda Markaziy harbiy klinik gospitalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida 35 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 55 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Toshkentda MIB xodimi ikki yil ichida depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan 596 mln so‘mdan ko‘proq pulni talon toroj qilgani aytilmoqda. U buni elektron to‘lov topshiriqnomalariga soxta ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshirgan. Sudlanuvchiga 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
25 maydan 27 mayga qadar poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Sergeli tumanlarining ba’zi hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yangixayot tumanida suv bosimi kamayadi.
Toshkent shahri hududini Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 21 ta mahallani poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tarkibiga o‘tkazish orqali kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Toshkentlik ayol Navoiy viloyatida tug‘ilgan 23 yoshli qizni avvaliga, poytaxtga ishga olib kelib, keyinchalik Turkiyaga olib ketgani aniqlandi. Navoiy viloyati IIB xodimlari o‘tkazgan surishtiruv natijasida ayol o‘z qarzini to‘lash uchun qizni Turkiyada yashovchi shaxsga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida jamoat joylarida fuqarolardan 567 ta pichok, bir qancha bolta, kastet va bitalar topildi. Sovuq qurollar o‘quv dargohlaridagi o‘smirlarda borligi ham aniqlandi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting