1 apreldan Toshkentda issiqlik ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Isitish mavsumi «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bahorgi iliq kunlar boshlangani va havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan yakunlanadi, deyiladi xabarda.

Poytaxtda isitish mavsumi 2021 yil 12 oktabrdan boshlangan edi.