Toshkent shahar Kengashi 2022 yil biriinchi yarim yillikda poytaxtning davlat budjeti 13,8 trln so‘mni tashkil etib, belgilangan 12,4 trln so‘m prognoz 111 foizga ortig‘i bilan bajarilgan. Bu haqda e-qaror.gov.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarda keltiriladi.

Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, mahalliy budjetlar daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlari belgilangan 2,8 trln so‘m prognoz 116 foizga bajarilgan, mahalliy budjetda prognozdan tashqari 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan.

Shuningdek, respublika budjetiga soliq tushumlari bo‘yicha belgilangan prognozdan ortiqcha tushirilgan 907 mlrd so‘m mablag‘ Toshkent shahar mahalliy budjetiga o‘tkazib berilgani ma’lum bo‘ldi.

Prezidentning 31 avgustdagi [PF-213-sonli] farmoniga asosan yer uchastkalariga bo‘lgan hukuklarni sotishdan tushgan 35,6 mlrd so‘m mablag‘ Toshkent shahri mahalliy budjetining daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismiga o‘tkazildi. Buning natijasida 154 mlrd so‘mdan oshiqroq pul tushumlari poytaxt budjetida shakllandi.

Tumanlar kesimida eng yuqori foyda Olmazor (95,6 mlrd so‘m), Yunusobod (93,7 mlrd so‘m) va Yashnobodda (86,2 mlrd so‘m) qayd etildi.

Eng quyi ko‘rsatkichlar esa Bektemir (29,3 mlrd so‘m) va Yangixayot tumanlarida (33,98 mlrd so‘m) ekani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahar va tumanlari mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha 2022 yil 1-yarim yillik umumiy hisoboti

budjet tushumlarining asosiy qismi yuridik shaxslar mol-mulkidan keladigan soliqlar tashqil etadi.

Daromadlar nomi

Aniqlangan reja

Ijro

Farqi

(+, -)

%

1

Foyda solig‘i

98 571

115 975

17 405

117.7

2

Yagona soliq to‘lovi, kich.kor.va mikrof.

400 866

418 138

17 272

104.3

3

Jismoniy shaxslar daromad solig‘i

182 372

272 355

89 983

149.3

4

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i

48 573

46 897

-1 676

96.6

5

Benzin va dizel yoqilg‘isi uchun soliq

240 758

248 608

7 850

103.3

6

Aloka xizmatlari kursatish uchun aksiz soligidan maxalliy budjetlarga utkaziladigan mablaglag

33 668

33 668

0

100.0

7

Alkogol maxsulotlari shu jumladan pivo uchun aksiz soligidan maxalliy budjetlarga utkaziladigan maxsulotlar

55 691

55 691

0

100.0

8

Tamaki maxsulotlari uchun aksiz soligidan maxalliy budjetga utkaziladigan mablaglar

71 430

71 430

0

100.0

9

Yuridik Mol-mulk solig‘i

433 787

569 264

135 477

131.2

10

Jis.shaxslar mol-mulk solig‘i

79 443

81 283

1 840

102.3

11

Yuridik shaxslar yer solig‘i

339 146

360 402

21 256

106.3

12

Jismoniy shaxslar yer solig‘i

60 999

63 478

2 479

104.1

13

Suv solig‘i

43 730

48 409

4 679

110.7

14

Davlat boji

244 352

268 685

24 333

110.0

15

Jarimalar

144 608

179 774

35 166

124.3

16

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar

205 459

166 096

-39 363

80.8

17

Boshqa tushumlar

119 384

215 167

95 783

180.2


Daromadlar jami

2 802 837

3 215 322

412 485

114.7

Shu bilan birga, budjetga ortiqcha to‘langan soliqlar miqdori o‘tgan yilga (76 mlrd so‘m) nisbatan 37 mlrd so‘mga yoki 51 foizga qisqargan bo‘lsada, (39 mlrd so‘m) yuqoriligicha qoldi.

budjet tushumlarining asosiy qismi yuridik shaxslar mol-mulkidan keladigan soliqlar 569,3 mlrd so‘mni tashqil etib, prognoz qilinganidan 31,2%ga yoki 135,4 mlrd so‘mga ko‘p.

Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ham 272,4 mlrd so‘mni qayd etib, belgilangan rejadan 49,3%ga yoki 89,98 mlrd so‘mga ko‘proq.

Olti oy davomida 179,7 mlrd so‘mlik jarimalar to‘plangan (+24,3%), davlat bojlari miqdori esa — na 268,6 mlrd so‘mni (+10%) tashkil etdi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i (46,9 mlrd.so‘m) va mahalliy soliqlar va yig‘imlar (166,1 mlrd.so‘m) bo‘yicha ko‘rsatkichlar kutilganidan past bo‘ldi.