Poytaxt hokimligi «Yoshlar kuni» tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan «Yangi nafas» yoshlar marafoni munosabati bilan 25−26 iyun kunlari shahardagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 25 iyun kuni soat 18:00 dan 26 iyun kuni soat 10:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.


26 iyun kuni soat 6:30 dan soat 9:00 gacha:

  • Sharof Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Islom Karimov shoh ko‘chasi — Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.