Aleksey Xen Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi, deya xabar bermoqda poytaxt matbuot xizmati.

U shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari bo‘ldi.

Bungacha mazkur departament direktorining birinchi o‘rinbosari edi.

Aleksey Xen 1983 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi TDYUU) tamomlagan.