19 avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan:

  • Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
  • Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha.

Ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi. Shahar hokimligi barcha haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilishlarini so‘radi.