25 dekabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish reytingi natijalariga ko‘ra poytaxtning bir qator tumanlari hokimlarini intizomiy jazolash va rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Reytingda «yaxshi» baholangan Mirobod tumani hokimi Shuxrat Pulatov, Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyayev va Yangihayot tumani hokimi Xayot Inagamov, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlari maoshiga 30 foiz ustamalar tegishli mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan belgilangan.

«Qoniqarsiz» degan baho uchun Shayxontohur tumani hokimi Abduqahhor Tuxtayev, Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullayev va Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovlar ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.

Sentabr oyida Jahongir Ortiqxo‘jayev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev, Yunusobod viloyati hokimi Jahongir Ibrohimov va Yangihayot viloyati hokimi Hayot Inagamovga birinchi yarim yillikda sanoat ishlab chiqarish hajmini kamaytirgani uchun «hayfsan» e’lon qilgandi.